1. Fanning predmeti, o‘qitish maqsadi va uslublari


EWB dasturida elektron sxemalarni modellashtirish



Yüklə 481,48 Kb.
səhifə3/6
tarix22.01.2023
ölçüsü481,48 Kb.
#80158
1   2   3   4   5   6
uuuuu

EWB dasturida elektron sxemalarni modellashtirish
Radioelektron qurilmalarni kompyuterda modellashtirish texnologiyalarini Electronics Workbench dasturida o'rgatish uchun xizmat qiladi. Bu dastur ( keyinchalik matnda – EWB) electron komponentlarni o`rganishda, analog va raqamli elektron qurilmalarni sxemotexnik modellashtirishda, fizika va elektrotexnika qonunlarini o`rganishda ishlatiladi. Sxemotexnik modellashtirish Electronic Workbench dasturi elektron sxemalarni tuzish va tahlil qilish uchun mo'ljallangan. O‘lchov asboblari real asboblar darajisiga etkazilgan, ular bilan ishlash oson va qulay, noto‘g‘ri ulanganda dastur xatoni darrov ko‘rsatadi. EWB dasturi elementlarning ulanishini va umuman to‘liq sxemani yaqqol ko‘rsatib turadi. Modellashtirish natijalarini printerga chiqarish yoki matnli va grafik redaktorlarga import qilish mumkin. Dastur Windows standart interfeysida ishlaydi, bu holat uni ishlatishni osonlashtiradi. Aktiv elementlarning ideal yoki real modellarini ishlatish mumkin, hamda elementlar kutubxonalariga yangi elementni kiritish mumkin. Dasturda o‘lchov amaliyotlarini o‘tkazish uchun ishlatiladigan quyidagi asboblar mavjud: ampermetr, voltmetr, ostsillograf, multimetr, Bode-plotter (chastota va faza xarakteristkalarini chizuvchi asbob), so‘z generatori, logik analizator, logik o‘zgartgich. EWB dasturida sxemalar tahlilini o‘zgarmas (DC- direct current) va o‘zgaruvchan (AC- alternative current) toklarda olib borish mumkin. O‘zgarmas tokda o‘rnatilgan ish rejimida ishchi nuqtasi aniqlanadi. Bu rejimda ishchi nuqtasi parametrlari o‘lchov asboblarida o‘z aksini topmaydi, ular keyingi tahlillarda ishlatiladi. O‘zgaruvchan tokda sxemalar modellari va ularning tahlili real vaqt va chastota sohalarida olib boriladi. EWB dasturida kirishga turli shakllardagi signallar berib, o‘tish jarayonlarini tadqiq qilish mumkin. Dastur etarli darajadagi murakkab analog, analog- raqamli va raqamli sxemalarni tahil qila oladi.


EWB dasturi elementlari kutubxonasi
menyu (1), komponentlar va nazorat o„lchov asboblari lineykasi (2,3), oynaning ishchi sohasi (4) va holat satri (5) keltirilgan. Sxemalarni yaratish dastur kutubxonalaridan komponentlarni tanlab olib, dastur ishchi oynasiga (keyinchalik matnda IO) o„rnatish bilan boshlanadi. EWB dasturida qurilmalarning tamoyilli sxemalarini qurishdan oldin qog„ozda komponentlarning taxminiy joylashishi va qurilmaning tamoyilli sxemasini chizib olish kerak. Kutubxonalarning 13 ta turi ketma – ket quyidagi tugmalarni bosish bilan chaqiriladi
Klavishlar (tugmalar) vazifalari (chapdan o„ngga): 1) Sources guruhi–signallar manbalari; 2) Basic guruhi – passiv komponentlar va kommutatsion qurilmalar; 3) Diodes guruhi – diodlar; 4) Transistors guruhi – tranzistorlar; 5) Analog ISs guruhi – analog mikrosxemalar; 6) Mixed Ics guruhi – aralash turdagi mikrosxemalar; 7) Digital Ics guruhi –raqamli mikrosxemalar; 8) Logic Gates guruhi – mantiqiy raqamli mikrosxemalar; 9) Digital guruhi – raqamli mikrosxemalar; 10) Indicators guruhi – indikator qurilmalar; 11) Controls guruhi – analog hisoblash qurilmalari; 12) Miscellaneous guruhi – aralash turdagi komponentlar ; 13) Instruments guruhi – nazorat- o„lchov apparaturalari.



Yüklə 481,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin