Diodlar va bipolyar tranzistorlar modellari.
Passiv va aktiv elementlar modellari.
PSpice dasturida sxemalar fayllarni yaratish, fayllarni taxrir etish.
PSpice belgisi bosilgandan keyin dasturning bosh oynasi namoyish bo‘ladi. Uning yuqori qismida buyruqlar menyusi oynasi mavjud.
Menyudan File tugmasi bosilsa, dastur ichidagi fayllar papkalari ko‘rinadi. Ishni tipik radioelektronik sxemalardan boshlash mumkin. Masalan,
fayllar .msi shaklda bo‘lib, turli xil qurilmalar sxemalarini ko‘rsatadi.
Sxemalar ishchi oynasi dastur oynasining markaziy asosiy qismini tashkil etadi. Shu oynada radioelementlar va ulanish simlari yordamida turli elektr sxemalari yaratiladi va tahrirlanadi. Sxemalarga turli xil o‘lchov asboblarini ulash imkoni bor. Buning uchun menyuning oynasi o‘ng tarafida
Instruments ikonkasi tarkibida kerakli o‘lchov asbobini tanlab olish mumkin. Ikonkalar turli xil aktiv
va passiv radioelementlar, o‘lchov asboblari, indikatorlarni ham tanlash imkonini beradi. Elementni tanlab olish quyidagicha amalga oshiriladi : ikonkani
ikki marta ketma-ket bosilsa, shu ikonka lineykasi paydo bo‘ladi. Keyin elementni tanlab,
OK tugmasi bosilsa, element tajriba oynasiga tushadi. Shu elementning ustida sichqoncha ko‘rsatgichi o‘rnatilib, bir marta bosilsa, element qizarib qoladi yoki shtrix bilan belgilanadi. Endi
shu elementning parametrlari, kattaliklari tugmachani ikki marta bosib, element menyusi chiqarilgandan keyin tanlanadi. Bu menyuda har
bir element uchun uning tipi, o‘lchov birliklari va boshqa parametrlari tanlanadi. Lebel ikonkasida elementning sxemadagi belgilanish tartib raqami, element nomi tanlab olinadi.