Organik birikmalarda uglerod atomining oksidlanish darajasi.
Mavzuga doir na’munaviy masalalar.
Organik birikmalar Organik birikmalarda uglerod atomining oksidlanish darajasi u hosil qiladigan bog‘lanishlar soniga doim ham mos kelmaydi, ya’ni shu elementning valentligiga teng emas.
Organik birikmalarda uglerodning oksidlanish darajasi Organik birikmalarda uglerod atomi doim IV valentli bo‘ladi. Lekin uglerod atomining oksidlanish darajasi turli qiymatlarga ega bo‘ladi, ya’ni -4 dan +4 gacha.
Organik birikmalarda uglerodning valentligi Umumiy kimyo fanida (8-sinfda) o‘tilgan kimyoviy bog‘lanishlar mavzusidan bizga ma’lumki, ikki xil atom orasida kimyoviy bog‘ hosil bo‘lganda bog‘lovchi elektron jufti elektromanfiyligi kattaroq bo‘lgan element atomi tomon siljigan bo‘ladi.
Organik birikmalarda uglerodning valentligi Masalan, C – H bog‘ida uglerod atomining elektromanfiylik qiymati 2,5 ga, vodorod atominiki esa 2,1 ga teng. Demak, elektron juft (C : H) uglerod atomi tomon siljigan bo‘ladi (C: H) C←H
Organik birikmalarda uglerodning valentligi Shu sababli elektromanfiyligi katta bo‘lgan element atomi nisbatan manfiy zaryadlangan, bog‘lanishda ishtirok etayotgan ikkinchi atom esa nisbatan musbat zaryadlangan bo‘ladi.
Uglerod atomlari o‘zaro bog‘ hosil qilganda bog‘lovchi elektron juftlari biror - bir atom tamon siljimaydi. Sababi uglerod atomlarini elektromanfiyliklari qiymati bir xilligidir (2,5 ga teng).
Shu sababli, uglerod atomlarining oksidlanish darajasi
0 ga teng bo‘ladi.
Organik birikmalarda uglerod atomining oksidlanish darajasi Organik birikmalarda uglerod atomining oksidlanish darajasi Tushunish oson bo‘lishi uchun kimyoviy bog‘lanishlarda elektronni siljishini bilan ko‘rsatamiz. Strelka yo‘nalishi elektromanfiyligi katta bo‘lgan elementga qaragan bo‘ladi. Shartli ravishda har bir chiziq yoki strelka bitta begona elektronni atomga yaqinlashgani yoki uzoqlashganini ko‘rsatadi.
Organik birikmalarda uglerod atomining oksidlanish darajasi Masalan, metanol (CH3OH)da - 2; metanal (HCHO)da 0; chumoli kislota (HCOOH)da + 2;
CO2da esa + 4 ga teng.
Chumoli kislota Organik birikmalarda uglerod atomining oksidlanish darajasi Shu sababli, organik kimyoda uglerod atomi oksidlanish darajasi va valentlik tushunchasing qiymati har xil. Uglerod atomining qo‘zg‘algan holatdagi valentligi doimo 4 ga teng, ya’ni u to‘rtta kovalent bog‘lanishga ega.
Mavzuga doir na’munaviy masala Masala: Quyidagi formulada uglerodning oksidlanish darajalari yig‘indisini toping.
Mavzuga doir na’munaviy masalaning yechimi Yechish: +3 -2 -2 +3 +3+(-2)+(-2)+3=2
Javob: 2 Mustaqil bajarish uchun topshiriq: Mavzuni o‘qib o‘rganish va darslikda 10 - sahifadagi 5 - 6 - masalalarni bajarish.