Dasturning yaratilish tarixi Electronics Workbench (EWB.) )
1989-yilda boshlanadi. Dasturning dastlabki versiyalari ikkita mustaqil qismdan iborat edi. Dasturning yarmi yordamida analog qurilmalarni, ikkinchisini raqamli qurilmalarni taqlid qilish mumkin edi. Ushbu "bo'linish" holati, ayniqsa, aralash analog-raqamli qurilmalarni modellashtirishda ma'lum noqulayliklarni keltirib chiqardi. 1996 yilda 4.1 versiyada ushbu qismlar birlashtirildi va olti oydan so'ng dasturning beshinchi versiyasi chiqdi. Taxminan dastur doirasida tahlil vositalari bilan to'ldiriladi Micro - Cap V , komponentlar kutubxonasi qayta ko'rib chiqildi va biroz kengaytirildi. Tarmoqni tahlil qilish vositalari butun dastur uchun odatiy tarzda ishlab chiqilgan - foydalanuvchi tomonidan minimal kuch sarflanadi. Keyingi rivojlanish EWB bu dastur EWB tartibi bosilgan elektron platalarni ishlab chiqish uchun mo'ljallangan; u qisqacha bobda muhokama qilinadi. 15. Dastur EWB pastdan yuqoriga qadar davomiylikka ega, ya'ni. 3.0 va 4.1 versiyalarida yaratilgan barcha sxemalar 5.0 versiyasida sozlanishi mumkin.
Raqamli qurilmalarni loyihalashda mantiqiy qurilmalarning o’rni juda muhim.Mantiqiy amallarni bajarish uchun mantiqiy elementlarni turli xildagi elektr sxemalarda har xil texnik vositalar rele-kontaktli elektrik elementlar kontaktsiz elementlar asboblar va boshqalar ishtirokida tuziladi.
Electronics Workbenche (EWB) modellashtirish dasturi xususiyatlari Radioelektron qurilmalarni kompyuterda modellashtirish texnologiyalarini Electronics Workbench dasturida o'rgatish uchun xizmat qiladi. Bu dastur ( keyinchalik matnda – EWB) electron komponentlarni o`rganishda, analog va raqamli elektron qurilmalarni sxemotexnik modellashtirishda, fizika va elektrotexnika qonunlarini o`rganishda ishlatiladi. Sxemotexnik modellashtirish Electronic Workbench dasturi elektron sxemalarni tuzish va tahlil qilish uchun mo'ljallangan. EWB dasturida sxemalar tahlilini o‘zgarmas (DC- direct current) va o‘zgaruvchan (AC- alternative current) toklarda olib borish mumkin. O‘zgarmas tokda o‘rnatilgan ish rejimida ishchi nuqtasi aniqlanadi. Bu rejimda ishchi nuqtasi parametrlari o‘lchov asboblarida o‘z aksini topmaydi, ular keyingi tahlillarda ishlatiladi. O‘zgaruvchan tokda sxemalar modellari va ularning tahlili real vaqt va chastota sohalarida olib boriladi. EWB dasturida kirishga turli shakllardagi signallar berib, o‘tish jarayonlarini tadqiq qilish mumkin. Dastur etarli darajadagi murakkab analog, analog- raqamli va raqamli sxemalarni tahil qila oladi. EWB dasturi ommalashgan elektron komponentlar (jumladan, sobiq Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilayotgan) kengaytirilgan kutubxonasiga ega. O‘lchov asboblarining ko‘p va etarli darajada mavjudligi ko‘p miqdordagi kattaliklarni aniq o‘lchash, tahlil qilish va grafiklar tuzish imkonini beradi. O‘lchov asboblari real asboblar darajisiga etkazilgan, ular bilan ishlash oson va qulay, noto‘g‘ri ulanganda dastur xatoni darrov ko‘rsatadi. EWB dasturi elementlarning ulanishini va umuman to‘liq sxemani yaqqol ko‘rsatib turadi. Modellashtirish natijalarini printerga chiqarish yoki matnli va grafik redaktorlarga import qilish mumkin. Dastur Windows standart interfeysida ishlaydi, bu holat uni ishlatishni osonlashtiradi. Dastur ruslashtirilmagan, shu sababli biz uning ingliz versiyasidan foydalanamiz. Komponentlar kutubxonalariga passiv elementlar, tranzistor va diodlar, boshqariladigan manbalar, boshqariladigan kalitlar, gibrid elementlar, indikatorlar, mantiqiy elementlar, trigger qurilmalari, analog va raqamli elementlar, maxsus kombinatsion va ketma- ketlik elementlari sxemalari kiradi. Aktiv elementlarning ideal yoki real modellarini ishlatish mumkin, hamda elementlar kutubxonalariga yangi elementni kiritish mumkin. Dasturda o‘lchov amaliyotlarini o‘tkazish uchun ishlatiladigan quyidagi asboblar mavjud: ampermetr, voltmetr, ostsillograf, multimetr, Bode-plotter (chastota va faza xarakteristkalarini chizuvchi asbob), so‘z generatori, logik analizator, logik o‘zgartgich.