2.Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo`yicha texnik xodimlarning javobgarligi Korxonalarda ishlovchilarga xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitini yaratish
bo`yicha ishlarni tashkillashtirish, baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklarni oldini
olish mehnat muhofazasi xizmatiga yuklanadi. Bu xizmat korxonada mustaqil tizimiy bo`linma bo`lib, bevosita boshliqqa yoki bosh muhandisga bo`ysunadi. O`z ishini korxona rahbari yoki bosh muhandisi tasdiqlagan reja bo`yicha boshqa bo`linmalar ya`ni, davlat nazorati mahalliy organlari texnik inspektsiyalari hamkorligida amalga oshiradi. Mehnat muhofazasi xizmati quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
1. ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasbiy kasalliklarni ahvoli va sabablarini
tahlil etish, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklarni oldini olish bo`yicha tadbirlarni ishlab chiqadi
va ularni bajarilishi haqida maslahatlar beradi;
2. korxona bo`linmalari ish joylaridagi sanitar texnik holatni portlashni
amalga oshirish bo`yicha ishlarni tashkil etadi;
3. korxonaning tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda mehnat sharoitini,
mehnat muhofazasini yaxshilashning kompleks rejasini, tuzadi, ko`rib chiqadi
3.Javobgarlik va uning turlari Davlat qonunchiligi mehnat muhofazasi qoida va me'yorlarining buzilishi
uchun qat'iy javobgarlik belgilaydi. Javobgarlik turlari (3 turlidir):
1. Ma'muriy javobgarlik (uyaltirish, xayfsan e'lon qilish, vaqtincha yoki butunlay past darajali ishga o`tkazish, imtiyozlarini cheklash),
2. Jinoiy javobgarlik. O`z. R. jinoyat protsessual kodeksiga binoan olib boriladi. Masalan:
- qoidaning buzilishi baxtsiz hodisaga olib kelsa, bir yilgacha axloq tuzatish
ishlariga yoki ozodlikdan mahrum qilish yoki besh minimal okladgacha jarima, yoki
ishdan bo`shatish choralari qo`llanadi;
- qoidaning buzilishi tan jarohatiga yoki mehnat qobiliyatini yo`qtishga olib
kelsa, 3 yilgacha ozodlkdan mahrum qilish yoki bir yilgacha axloq tuzatish choralari
qo`llanadi;
- qoidaning buzilishi kishining o`limiga yoki bir necha kishining og`ir tan
jarohatiga sabab bo`lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum bo`lishi mumkin;
-korxonadan chiqayotgan chiqindilar tufayli havo va suv havzalarining ifloslanishi uchun 1 yilgacha axloq tuzatish ishlariga yoki besh minimal okladgacha jarima to`lanadi.
3. Moddiy javobgarlik.
Qonunsiz ravishda ishdan bo`shatilgan, majburiy ish qoldirgan, kasbiy kasallik tufayli jabrlangan kishiga to`langan haqni rahbar lavozimidagi xodimdan qisman yoki to`liq undirib olish.
4.Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o`qitish tizimi. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. Mehnat muhofazasiga o`qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish bo`yicha namunaviy nizomda (№ 272, 14.08.1996) barcha korxona, tashkilot, muassasa, institut, ilmiy-tadqikot tashkilotlari, birlashma, assosiatsiya, korpooratsiya, xolding, tarmoq, vazirlik va boshqa mulk shaklidan qat`iy nazar malaka talablari hajmida ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar, muhandis-texnik xodimlar uchun mehnat muhofazasidan bilimlarni majburiy nazorat qilish tartibi belgilangan. Korxonaga ishga kirayotgan har bir xodimga xavfli ish usullari bo`yicha yo`riqnoma, maxsus malaka olgandan va bilimi tekshirilgandan keyin mustaqil ishlashga ro`xsat beriladi. Mutaxassis va rahbar xodimlarning mehnat muhofazasidan bilimlarini tekshirish yuqori tashkilot mehnat muhofazasi bo`limlarining doimiy imtihon
komissiyalari tomonidan bajariladi. Komissiya tarkibi yuqori tashkilot rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyalarini boshqaruv tashkilotlarining rahbarlari boshqaradi. Yirik korxonalarda imtihon topshiruvchi xodimlar soni ko`p bo`lsa, bir necha imtihon komissiyalari tashkil qilinishi mumkin. Bunday hollarda komissiya raisi qilib mehnat muhofazasi bosh mutaxassislari va korxona rahbarining muovinlari tayinlanadi. Imtihonlarni tashkil qilish va o`tkazish korxona ma`muriyatiga hamda imtihon komissiyalari raislari zimmasiga yuklatiladi. Imtihonlar tasdiqlangan reja bo`yicha o`tkaziladi. Bu reja imtihon komissiyasining barcha a`zolariga bir oy oldin tarqatiladi. Tekshiruvchi esa imtihon kuni va o`tkazilish joyi haqida kamida 15 kun oldin ogohlantiriladi.