Naflilik funktsiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi tovarlarni taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutlaq ko’rsatkichlarda o’lchashning ahamiyati bo’lmay, istе’molchi tanlovini naflilik darajasining kеtma-kеt joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to’plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko’rsatib bеrish mumkin emas.
Naflilik funktsiyasi istе’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi:
.
So’nggi qo’shilgan naflilik – muayyan nе’matning navbatdagi birligini istе’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilikdir. So’nggi qo’shilgan naflilik umumiy naflilikning o’sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funktsiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi nе’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo’ladi. Nе’matlarning chеklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so’nggi nusxasi» mavjud bo’ladi.
2.1 Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi.
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag’lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Aytaylik, korxonada bir oy davomida 100 ming dona «A» mahsuloti ishlab chiqarildi. Har bir mahsulotning narxi 1000 so’m. Agar barcha mahsulotlar sotilgan taqdirda, korxonaning bir oylik pul tushumi 100 mln. so’m (100000 × 1000) ga teng bo’ladi.
Biroq, korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bera olmaydi. Chunki, bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligi aks ettirmaydi. Shunga ko’ra, pul tushumlarining xarajatlardan ajratib olingan qismi – foyda muhim o’rin tutadi.
Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi.Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.
Bizning misolimizdagi korxonada «A» mahsulotni ishlab chiqarishning bir oylik xarajatlari 60 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsin. U holda, korxonaning bir oylik foydasi 40 mln. so’m (100 mln. – 60 mln.) ga teng bo’ladi.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o’tadi: