1. Genuya valyuta tizimining vujudga kelishi. Genuya valyuta tizimining tamoyillari va xususiyatlari


Milliy valutalarni oltinga almashtirishning ikkita asosiy usuli shakllandi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#162370
1   2   3   4
genuya valyuta tizimi2

Milliy valutalarni oltinga almashtirishning ikkita asosiy usuli shakllandi:
bevosita — deviz rolini bajaruvchi (funt sterling, AQSH dollari) valutalar uchun;
bilvosita — mazkur tizimning qolgan barcha valutalari
uchun.
Oltin deviz andozasining keng tarqalishi bir mamlakatni boshqalariga bog‘liqligini kuchaytirdi. Biroq, oltin andozasining deviz shakli ko‘p amal qilmadi. 1929—1931-yillardagi jahonda ro‘y bergan inqiroz mazkur tizimni butunlay izdan chiqardi. Inqiroz o‘z navbatida, deviz valutalarga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. 1931-yilga kelib Buyuk Britaniya oltin andozasini bekor qilishga majbur bo‘ldi, funt sterling esa devalvatsiya qilindi. Shuningdek, valuta va iqtisodiy munosabatlarda Angliyaga bog‘liq bo‘lgan bir qator Yevropa davlatlari, Misr, Malayziya, Hindiston mamlakat- larining valutalari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Keyinchalik bu tizim Yaponiya va Fransiya tomonidan bekor qilindi. 1933-yilda esa AQSH hukumati banknotalarni oltinga almashtirishni hamda oltinning chegaradan chiqarilishini taqiqladi, dollar esa 41% ga devalvatsiya qilindi.
1930-yillarning o'rtalariga kelib jahon valuta tizimining be- qarorligi kuchaydi va ko‘pgina mamlakatlar o‘z valutalarini devalvatsiya qilishdi. Valuta sohasidagi inqiroz holati jahon valuta tizimida islohotlarni amalga oshirishni taqozo etdi.
1926—1936-yillardagi jahon valuta inqirozining asosiy xususi- yatlari quyidagilardan iborat edi:
Davriylik xususiyati: valuta inqirozi jahon iqtisodiy va pul- kredit inqirozi bilan qo‘shilib ketdi;
Tuzilmaviy xususiyati: jahon valuta tizimi tamoyillari — ol- tin deviz andozasi halokatga uchradi;
Davomiyligi: 1929-yildan 1936-yilgacha.
Ta’sir darajasi: qator valutalar kursi 50—84% gacha pasaydi.
Rivojlanish holati: inqiroz turli paytda turli ta’sir orqali bar- cha mamlakatlar iqtisodiyotini izdan chiqardi.
Genuya valuta tizimi doirasidagi jahon valuta inqirozining bosqichlari
    • Birinchi bosqich (1929—1930-yillar), agrar va mustamlaka mamlakatlar valutalarining qadrsizlanishi orqali namoyon bo‘ldi hamda jahon bozorida xomayoshga bo‘lgan talab keskin qisqardi.


Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin