Gigiyena fanining asosiy vazifalariga atrof muhit omillarini o'rganish va ularni odam organizmiga tasir etish xususiyatlarni aniqlash; olingan natijalarga asoslanib odam organizmi uchun befarq bo'lgan va uzoq muddat davomida tasir etganda ham zararli tasir ko'rsatmaydigan gigiyenik meyorlar va reglamentlarni ishlab chiqish; ishlab chiqilgan meyorlar va reglamentlarni hayotga tadbik qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish kiradi.
2.Gigiyena fanining tibbiyotda tutgan o'rni? Gigiyena fani aholi sog’ligini saqlash va uni har tomonlama mustahkamlashdek vazifalarni o’rgatishi bilan tibbiyotda o’z o’rniga ega. Har bir davlatning sog’liqni saqlash tizimi oldiga qo'yiladigan asosiy vazifalaridan biri bu - aholining sog’ligini saqlash, mustahkamlash hisoblanadi. Inson uchun atrof muhit parametrlarining eng muvofiq darajalarini yaratish masalalari bilan gigiyena fani shug’ullanadi. Gigiyena fani - mustaqil fan bo'lib, odam organizmiga atrof muhitdagi omillarning tasirini o'rganib, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, mehnat qilish sharoitlarini, ovqatlanish tartiblarini, suv taminoti, turar-joylar bilan taminlash masalalarini ishlab chiqadi.
3.Gigiyenada qo'llaniladigan usullar? Gigiyenada qo’llaniladigan usullarga quyidagilar kiradi; 1.Atrof muhit omillarini tekshirish usullari 2.Atrof muhit omillarini organizmga tasirini o'rganish usullari 3. Gigiyenik meyorlar va reglamentlarni o'rnatish va ularning haqqoniyligini ruyobga chiqarish usullari kiradi. Ular o’z navbatida bir qancha bo’limlarga bo’lib o’rganadi 1.Atrof muhit omillarini tekshirish usullari; -sanitar tavsifiy usul; -fizikaviy usullar; -kimyoviy usullar; -biologik usullar; 2.Atrof muhit omillarini organizmga tasirini o'rganish usullari: -fiziologik holatlarni tekshirish usullari; -ayrim organlarning funktsional holatlarini tekshirish usullari; 3.Gigiyenik meyorlar va reglamentlarni o'rnatish va ularning haqqoniyligini ro’yobga chiqarish usullari: -statistik usullar; -hisoblash usullari;