1. Globallashuv – yangi falsafiy mavzu sifatida. Global jarayonlarni bashorot qilishning ahamiyati



Yüklə 36,42 Kb.
səhifə12/12
tarix15.04.2023
ölçüsü36,42 Kb.
#98510
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
19 Globollashuv,

Texnopessimizm fan texnika yutuqlari insoniyatni boshi berk ko’chaga olib kiradiva pirovardda u halok bo’ladi deb hisoblaydi. Ko’rib chiqilayotgan nazariyalarning ayrim tarafdorlari fan-texnika inqilobining salbiy oqibatlariga, xususan atrof muhitning ifloslanishi muammolariga ma’lum darajada e’tibor bergan bo’lsalar-da, lekin, umuman olganda, ularning hech biri bundan 1980-yillarning o’rtalarigacha jiddiy tashvishga tushmadi. CHunki, fan-texnika taraqqiyoti hamma narsaga qodir ekanligiga ishonch haddan tashqari katta edi.
Ayni zamonda 1960-yillarning oxirlaridan ekologik qiyinchiliklardan tashqari aksariyat davlatlar va hatto qit’alarga tahdid solgan boshqa muammolar: aholining nazoratsiz o’sishi, turli mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining notekisligi, xom ashyo resurslari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va boshqalar tobora bo’rtibroq namoyon bo’la boshladi. Tez orada ular fan va falsafa diqqat markazidan o’rin olib, qizg’in bahs va munozaralar predmetiga aylandi.
Ko’rsatilgan muammolarni falsafiy tahlil qilish borasidagi dastlabki urinishlarning o’ziyoq texnokratik tendentsiyalarga zid bo’lgan, keyinchalik «texnologik pessimizm» deb nomlangan qarashlarni namoyon etdi. «ekopessimizm», asosiy e’tibor inson faoliyatining salbiy oqibatlari va atrof muhit muammolariga qaratilgan, ularni yechish imkoniyatlari salbiy tusda ko’rilgan holdir.
Ko’pgina taniqli olimlar va faylasuflar, xususan G.Markuze, T.Rozzak, P.Gudmen va boshqalar o’z o’tmishdoshlarini shafqatsiz stsientizmda3, insonni fan va texnika quliga aylantirishga urinishda ayblab, fan-texnika taraqqiyotiga qarshi chiqdilar. Fan-texnika taraqqiyotiga va umuman ijtimoiy taraqqiyotga qarshi norozilikning Yangi to’lqini yuzaga kela boshladi. Bu to’lqin ta’sirida paydo bo’lgan g’oyalar «aksiliste’mol» jamiyatini asoslashga harakat qilar va «o’rtacha odam»ni ozginaga qanoat qilish lozimligiga ishontirishga qaratilgan edi. Global muammolar paydo bo’lishining aybdorini topishga urinish jarayonida asosiy ayb «zamonaviy texnologiya»ga qo’yildi. Nafaqat fan yutuqlari, balki taraqqiyot g’oyasi ham shubha ostiga olindi.
Xulosa

Globalistika. Jahon rivojlanishining eng Yangi tendentsiyalarini anglab yetish borasidagi ko’p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendentsiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo’lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy yetish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo’llaniladi.



Globalistika mustaqil ilmiy yo’nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-yillarning oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bo’lishi uchun ob’ektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi.


Foydalanilgan adabiyotlar
  1. Z.Davronov, A.Sultonova, N.Parpiyeva “Falsafa” kitobi


  2. Ziyonet.uz


  3. Kutubxona.uz





1


1


2


3


Yüklə 36,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin