Psihologiyaning nazariy va amaliy metodlari tahlili
Psihologiyaning nazariy va amaliy metodlari tahlili
Psihologiyada metod tushunchasi.
Metodlar klassifikatsiyasi.
Bajardi:eshmatova Sevdo.
Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniklik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija beri-shi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog’langan ikki qism — tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni tahlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qoʻllaniladi
Jahonda psixodiagnostik metodlarning mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularni sxematik qarab chiqilmasa, farqlab olish juda ham mushkul. Psixodiagnostik metodlarning umumiy sxematik klassifikatsiyasini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar.
Savolnomali psixodiagnostik metodlar.
Ob'ektiv psixodiagnostik metodlar, bunga inson xulq-atvor reaktsiyalari analizi va faoliyat mahsuldorligini o‘rganish ham kiradi.
Psixodiagnostikaning eksperimental metodlari.
Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar, albatta, kuzatish olib borish hamda olingan natijalardan psixodiagnostik xulosalar chiqarishning muvaffaqiyatli garovidir. Bunday kuzatishda standart sxemalar va sharoitlar kiritiladi, bunda nimani kuzatish, qanday kuzatish, kuzatish natijalarini qanday qilib belgilab borish, qanday baholash hamda sharhlash asosida xulosa chiqarish aniq belgilab olinadi. Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagicha tartibda qo‘llash lozim:
olingan natijalarni foizlar bo‘yicha hisoblash; o‘rtacha arifmetik qiymatni topish; o‘rtacha kvadrat og‘ishni topish (sigma); son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya); omillar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini tahlil qilish (korrelyatsiya); metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash (StYudent mezoni). . Empirik metodlarni qo’llashning beshta darajasini ajratish mumkin.
1. Metodika darajasi.
2. Metodik qo’llanma darajasi.
3. Metod darajasi.
4. Tekshirishni tashkil qilish darajasi.
5. Metodologik yondashish darajasi.
To’g`ri, «metod» atamasini turli darajada ishlatsa bo’ladi, masalan psixofizikada – o’rtacha xatolar metodi, chegara metodi bor: psixodiagnostikada – proektiv metod (ikkinchi daraja); psixosemantikada semantik differentsial metod va repertuar kataklar metodi haqida gapiriladi (birinchi daraja); yosh davrlari psixologiyasida psixogenetik metod to’g`risida bahs Yuritiladi va uning turlichaligi – egizaklar metodida (to’rtinchi daraja) ko’rsatilgan.