Laboratoriya ishini bajarish tartibi: I guruh kationlariga Ag+, va Pb2+ kationlari kiradi, guruh reagenti xlorid kislota bo`lib, kam eruvchan xloridlarni hosil qiladi
Laboratoriya ishini bajarish tartibi: I guruh kationlariga Ag+, va Pb2+ kationlari kiradi, guruh reagenti xlorid kislota bo`lib, kam eruvchan xloridlarni hosil qiladi.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi: I guruh kationlariga Ag+, va Pb2+ kationlari kiradi, guruh reagenti xlorid kislota bo`lib, kam eruvchan xloridlarni hosil qiladi.
Birinchi analitik guruh kationlari qatoriga kumush, simob (I), qo'rg'oshin (II), mis (I), oltin (I) va talliy (I) ionlari kiradi. Ular guruh reagenti - xlorid kislota ta'siridan xloridlar hosil qilib cho'kadi. I guruh kationlarining xromat, dixromat, manganat, permanganat va geksanitritokobaltatlari rangli birikmalardir. Kumush ionimng rangli birikmalarjdankumush arsenat (qojig'ir), arsenit, bromid, yodid, florid, fosfat karbonat va geksatsianoferrat (III) (sariq), xromat, dixromat, nitroprussid (qlzil),oksid, sulfid (qo'ng'ir) analitik ahamiyatga ega.Simob (I) ionining bromid, florid, karbonat (sariq) va yodidlari (yashil) muhimdir. Qo'rg'oshinning rangli birikmalari orasida yodid (oltinsimon sariq), sulfid (qora-qo'ng'ir), xromat (sariq) va dixromatlari (qizil) ahamiyatli.
Bu ionlar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida oksidlovchilik xossalari namoyon qilib, kumush ioni kumush, simob (I) ioni simob metallarigacha qaytariladi. Simob (I), qo'rg'oshin (II), mis (I), talliy (I) va oltin (I) ionlari yuqori valentli birikmalarigacha oksidlanadi.