Simob (I) tuzlari suv bilan ta'sirlashib gidrolizlanadi, shundan uning eritmalarini tayyorlashda ularga tegishli kislotalar qo'shiladi.
Analitik kimyoda asosan Hg2(NO3)2 ishlatiladi, uning eritmasiga 1:1 HNO3 eritmasi qo'shiladi.
1. O'yuvchi ishqorlar — NaOH va KOH eritmalaridan bir necha tomchisi 2-3 tomchi Hg2(NO3)2 eritmasiga tomizilsa, qora rangli Hg2O cho'kma hosil bo'ladi:
Hg2(NO3)2+ 2KOH=Hg2O↓+ H2O + 2KNO3
2Hg+ + 2OH-=Hg2O↓+ H2O
1.5. Qo'rg'oshin kationining reaksiyalari
1.5. Qo'rg'oshin kationining reaksiyalari
Qo'rg'oshinning nitrat, atsetat, xlorat va perxloratlari suvda eruvchan bo'lib, ular suvli eritmalarda rangsiz.
1. O'yuvchi ishqorlar va ammiak eritmasi ta'siridan qo'rg'oshin (II) ioni kuchli kislotalar va mo'l ishqorda eriydigan oq rangli cho'kma hosil qiladi:
Pb2+ + 2OH-=Pb(OH)2↓
Pb(OH)2 cho'kma amfoter. Ishqorlarda eriganda plyumbitlar hosil bo'ladi: