analitik kimyo fanidan laboratoriya ishlari jamlanmasi
Tajriba qismi 2. Kaliy kationining reaksiyalari
Kaliy kationining xlorid, nitrat, sulfat va atsetatlari suvda yaxshi eriganligi uchun uning reaksiyalarini o'tkazishda shu tuzlarning eritmalaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
1. Vino kislota yoki uning natriyli nordon tuzi - natriy gidrotartrat
bilan o'tkaziladigan reaksiya natijasida kaliy ioni oq kristal - kaliy gidrotartrat KHC4H4O4 cho'kmasini hosil qiladi:
KCl + NaHC4H4O6 → KHC4H4O6↓ + NaCl
yoki reaksiyaning qisqartirilgan ionli tenglamasi quyidagi ko'rinishda yoziladi: