analitik kimyo fanidan laboratoriya ishlari jamlanmasi
6. Oltinchi analitik guruh kationlari aralashmasining analizi
6. Oltinchi analitik guruh kationlari aralashmasining analizi
Oltinchi analitik guruh kationlari aralashmasining analizi ammoniy ionini topishdan boshlanadi.
1. Ammoniy ionini topish. Tekshiriladigan eritmaning 4-5 tomchisiga 5-6 tomchi ishqor eritmasi qo'shib qizdirilganda ammiak hidi sezilsa. aralashmada ammoniy ioni bor bo'ladi. Ammoniy ionni Nessler reaklivi yordamida ham tekshirib ko'rish mumkin,
2. Kaliy ionini topish. Tekshiriladigan erititmadan 4-5 tomchi olib, uni NaOH ning 6-7 tomchi 2 N eritmasi bilan qizdirib, eritmadagi arnmiak to'liq haydab chiqariladi. So'ngra eritmaga bir necha dona Na3[Co(NO2)6] kristallari yoki uning yangi tayyorlangan eritmasi qo'shiladi. Agar sariq rangli cho'kma tushsa. tekshirilayotgan eritmada kaliy ioni mavjud bo'ladi,
3. Natriy ionini topish. Tekshiriladigan eritmadan 4-5 tomchi olib, uni KOH ning 6-7 tomchi 2 N eritmasi bilan qizdirib, eritmadagi ammiak to'liq haydab chiqariladi. So'ngra shu eritmaga 5-6 tomchi KH2SbO4 eritmasi qo'shib, vodoprovod jo'mragi ostiga sovuq suvga qo'yib probirka devorlari shisha tayoqcha bilan ishqalanganda, oq cho'kma tushsa. eritmada natriy ioni mavjuddir.