1 harb. Urush olib borish sanʼati; urush va harbiy operatsiyalar oʻtkazishning umumiy rejasi. ◆ Yashin tezligidagi urush strategiya


Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, yunoncha „monoc“



Yüklə 54,34 Kb.
səhifə9/10
tarix26.04.2023
ölçüsü54,34 Kb.
#102951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Atamalar

Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, yunoncha „monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari.
Monopoliya (yunoncha mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. M. ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. M. koʻrinishlari qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni bozorgatanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar.
FARMON Bu ot 'buyur-' maʼnosini anglatadigan tojikcha farmudan feʼlining farmo hozirgi zamon asosiga -n koʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan boʻlib, 'buyruq' maʼnosini anglatadi

Maʼnosi[tahrirlash]


1 Biror ishning bajarilishi haqida beriladigan buyruq, hukm, topshiriq; amr. Farmon bermoq. Formoy chiqarmoq. Borniki — farmon bilan, Yoʻqniki — armon bilan. Maqol. a U farmon kutib, xonga yuzlandi. S. Siyoyev, Yorugʻlik. Oʻlmas maston qirqin qiziga farmon qildi. "Malikai ayyor".
Farmoni oliy Podshoh yoki xon tomoni-dan berilgan farmon. Saroy vaziri noiloj bosh egib, farmoni oliy hozirlagani chiqib ketdi. M. Osim, Karvon yoʻllarida.
2 Hokimiyat oliy organi yoki davlat boshligʻining qonun kuchiga ega boʻlgan buyrugʻi, farmoyishi. Oʻzbekiston Respub-likasi Prezidentining farmoni. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining farmoni.
Qoʻmita — 1) maxsus tadbirlarni oʻtkazish yoki biron-bir sohaga rahbarlikni amalga oshirish uchun tuziladigan davlat organi. Oʻzbekiston Respublikasida bunday organ Prezidentning farmoniga asosan tashkil etiladi va tugatiladi hamda Oliy Majlis palatalari tasdigʻiga kiritiladi. Ular vakolatining chegarasi farmonda va shu organlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizomda koʻrsatiladi. Ushbu organlar rahbari etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan rais tayinlanadi. Qoʻmita rahbarlarining buyrugʻiga asosan quyi organlar tashkil qilinishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasida davlat qoʻmitalari va qoʻmitalar mavjud. 
Yüklə 54,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin