1 harb. Urush olib borish sanʼati; urush va harbiy operatsiyalar oʻtkazishning umumiy rejasi. ◆ Yashin tezligidagi urush strategiya



Yüklə 54,34 Kb.
səhifə5/10
tarix26.04.2023
ölçüsü54,34 Kb.
#102951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Atamalar

Taraqqiyot — rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yoʻnalgan shakli, uning yuksalishi. Adabiyotlarda taraqqiyotni koʻpincha rivojlanish bilan aynanlashtirib koʻyishadi, aslida u rivojlanish falsafasining bir yoʻnalishidir. Shuningdek, taraqqiyotni ayrim adabiyotlarda faqat jamiyatdagi ijtimoiy rivojlanish maʼnosida qoʻllashadi, bu ham bir yoqlama yondashuvdir. Taraqqiyot falsafiy adabiyotlarda progressiv rivojlanish tarzida qoʻllaniladi. Odatda rivojlanishning 2 muhim yoʻnalishi boʻlib, biri taraqqiyot (progressiv rivojlanish), ikkinchisi inqiroz (regressiv rivojlanish) hisoblanadi. Taraqqiyotni faqatgina jamiyatga qoʻllashning xato jihati shundaki, jamiyatdan tashqaridagi sistemalarda ham yuksalish roʻy beradi. Masalan, muayyan tirik organizmlarning taraqqiyoti, bemordagi kasallikning taraqqiyoti, kimyoviy jarayonning taraqqiyoti va boshqalar. Taraqqiyot nisbiydir. Rivojlanish bir sistema uchun taraqqiyot, boshqa sistema uchun regress boʻlishi mumkin. Masalan, kasallikning rivojlanishi, kasallikni vujudga keltiruvchi viruslar uchun taraqqiyot boʻlsa, bemor organizmi uchun inqiroz (regress) dir. Har qanday sistema oʻzining rivojlanishi mobaynida taraqqiyotni ham, inqirozni ham boshidan kechiradi. Sistemaning ravnaq topishi taraqqiyotni anglatsa, uning yemirilishi esa inqirozni anglatadi. Taraqqiyot jonsiz, anorganik tabiatga ham, jonli, organik tabiatga ham, jamiyatga, inson tafakkuriga, ruhiyatiga ham xos boʻlgan tabiiy va zaruriy jarayondir. Taraqqiyot mikro, makro, megadunyoda ham sodir boʻladi. Taraqqiyot tufayli olamda mukammallashish, yuksalish roʻy beradi, u vujudga kelish, murakkablashish, ulgʻayish, yangilanish, tiklanish, sistema yasalish jarayonlari tarzida amalga oshadi. Taraqqiyot yaxlit jarayondir.
Konsepsiya (lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2)adabiyotda — biror asarning asosiy gʻoyasi. K. badiiy asar mohiyatini, ijodkorning "meni"ni ifoda etadi. Biroq badiiy asar K.si ayrim holatlarda muallifning subyektiv qarashlaridan keng qamrovli bulishi mumkin. Baʼzan muallif moʻljaliga zid holat yuz bersa ham, mohiyat eʼtibori bilan asar oʻz K.siga koʻra muallifning badiiy-estetik olamiga tegishli boʻladi. Oʻquvchining maʼnaviy-ruhiy saviyasi, tarixiy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda badiiy asar K.si alohida taʼkidlanib, ochiq-oydin ifoda etiladi. Inson va borliq mohiyatiga koʻra, K. bir butunlikni tashkil etadi. Masalani muayyan ijodkorning oʻz K.si yoki alohida olingan haqiqiy sanʼat asarining K.si tarzida qoʻyish ham mumkin. Boshqa jihatdan, badiiy asar K.si unda tasvirlangan badiiy-estetik, obrazli dunyo orqali hayotni anglash mexanizmi — usuli boʻlib ham maydonga chiqadi. Umuman, K. badiiy asarning sanʼat, adabiyot va madaniyat tarixidagi oʻrnini hamda oʻquvchilar ommasiga taʼsir etish darajasini belgilaydi. [1]

Yüklə 54,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin