1. Hayot faоliyati хavfsizligi fanini maqsad va fazifalari, tarkibiy qismlari


Mehnat muhofazasiga oid qoida va me`yorlarni buzganlik uchun javobgarlik



Yüklə 149 Kb.
səhifə9/25
tarix12.05.2023
ölçüsü149 Kb.
#111901
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
1. Hayot faоliyati хavfsizligi fanini maqsad va fazifalari, tark

21. Mehnat muhofazasiga oid qoida va me`yorlarni buzganlik uchun javobgarlik.

Ma’lumki, ishlab chiqarish korxona rahbarlarini, ishchilarni o’z ishlariga sovuqqonlik, loqaydlik bilan qarashlari oqibatida mehnat xavfsizligi tartib qoidalari buzilib, baxtsiz xodisalar ro’y beradi. Baxtsiz xodisaning og’ir - yengilligi va oqibatlariga qarab 4 xil javobgarlik chora - tadbirlari belgilangan:


1.lntizomiy javobgarlik. Bunda korxonada ishlab chiqilgan sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlarining buzilishi oqibatida ish rejasining buzilishiga, kasallik, baxtsiz xodisa, zaharlanish va boshqa salbiy xodisalar ro’y berishi mumkin. Ular uchun intizomiy javobgarlik ta’sis etilgan. Bu javobgarlik ishchilar uchun: ogohlantirish, xayfsan e’lon qilish, 3 oy muddat bilan past oylik yoki past lavozimli ishga o’tkazish, ishdan bo’shatish javobgarligi qo’llaniladi. Rahbar shaxslar uchun: ogohlantirish, hayfsan e’lon qilish, bir yilgacha lavozimni pasaytirish, ishdan bo’shatish javobgarligi qo’llaniladi.
2.Ma’muriy javobgarlik. Bunday javobgarlik asosan mansabdor shaxslarga nisbatan qo’llaniladi va u 3 turda belgilanishi mumkin:
-axloqiy harakterdagi javobgarlik (ogohlantirish, tanbeh);
-mablag’ yoki pul undirish javobgarligi (jarima yoki musodara qilish);
-shaxsiga taalluqli javobgarlik (vazifasidan chetlatish, axloq tuzatish ishlari, ma’muriy qamoq jazosi).
3.Jinoiy javobgarlik. Bunday javobgarlikka mehnat xavfsizligi qoidalarining qo’pol buzilishi natijasida og’ir jarohatlanish yoki bir necha kishining og’ir jarohatlanishi, yoki baxtsiz xodisa o’lim bilan tugasa, qoidani buzishda ayblangan rahbar xodimlar tortiladilar. Jinoiy javobgarlik rahbar xodimni vazifasidan chetlashtirish yoki ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan beigilanadi.
4.Moddiy javobgarlik. Mehnat xavfsizligi qoida va normalarini buzgan ishchi va xizmatchilar korxona ko’rgan moddiy zararni qoplashga yo’naltirilgan javobgarlikdir. Moddiy javobgarlik chegaralangan yoki to’liq javobgarlik tartibida belgilanishi mumkin. Chegaralangan moddiy javobgarlikda korxonaga yetkazilgan zarar korxona rahbari buyrug’iga asosan ishchi va xizmatchining oyligidan undirib olinadi. Bunda aybdor shaxsning roziligi bilan oyligidan (uchdan biridan oshmaslik sharti bilan) ushlab qolinadi. To’liq moddiy javobgarlik jinoyat sodir bo’lgan taqdirda va aybdor jinoiy ish qilgan bo’lsa, uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan bir qatorda korxonaga keltirgan moddiy zararni ham to’liq qoplashga majbur qilinadi Bunday javobgarlik qarorlarini tuman yoki shahar sud organlari chiqaradi. Bu xolda korxona ma’muriyati tomonidan aybdorlik aybini tasdiqlovchi hujjatlar ko’rsatilishi shart hisoblanadi.


Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin