1. Hayot faоliyati хavfsizligi fanini maqsad va fazifalari, tarkibiy qismlari


Hayot faоliyati хavfsizligi nazariyasining asоsiy tushuncha va ta`riflari



Yüklə 149 Kb.
səhifə2/25
tarix12.05.2023
ölçüsü149 Kb.
#111901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
1. Hayot faоliyati хavfsizligi fanini maqsad va fazifalari, tark

2.Hayot faоliyati хavfsizligi nazariyasining asоsiy tushuncha va ta`riflari.
Xozirgi vaqtda inson - tabiiy, texnik, iqtisodiy va boshqa har xil xavf-xatar dunyosida ishlaydi. Shu xavf - xatarlar natijasida juda ko’p insonlar hayotdan ko’z yumadilar (Armanistondagi zilzila, Chernobil AES halokati, Jigaristondagi yer siljishi, Admiral Naximov paroxodining cho’kishi, Sverdlovskiyda Chelyabinsk - Ufa temir yo’l uchastkasida portlash va h.k.). Shuning natijasida 3000 dan ortiq odam halok bo’ldi. 20000 odam nogiron bo’ldi va 200000 odam kasallandi.Birlashgan Millatlar Tashkilotining 42 sessiyasida 1991 yildan boshlab tabiiy ofat va falokatlarni kamaytirish bexatarlik yillari, deb belgilangan edi. Hayot faоliyati хavfsizligi fanining maqsadi - mеhnat хavfsizligini chuqur o’rganish, bilish, tashviqоt qilish va оdamlarni хavf - хatardan хimоya qilish masalalari asоsida tarbiyalashdir. Hayotiy faoliyat xavfsizligi tushunchasi Hayotiy faoliyat xavfsizligi tushunchasida ko’p uchraydigan ta’riflar bilan belgilanadi.Faoliyat - insonning jamiyatda mavjud bo’lishi uchun kerakli sharoit. Mehnat -faoliyatning yuqori shakli. Faylasuflarning fikricha, insonning ta’rifi – harakatdagi, mehnatdagi faoliyatidadir.Mehnat va faoliyat shakllari turlicha bo’lib, ular hayotda uchraydigan aqliy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va boshqa jarayonlarni oz ichiga oladi. Faoliyat jarayoni modeli. Faoliyat jarayoni modeli ikki elementdan, ya’ni inson - va muhit orasidagi to’g’ri va tesqari munosabatlardan tuzilgan deb tasavvur qilish mumkin. Tesqari munosabatlar moddiy dunyoning qarama - qarshilik umumiy qonunlaridan kelib chiqadi. "Inson-muhit" sistemasi ikki maqsadli bo’ladi: 1) aniq bir natijaga erishish. 2) ko’ngilsiz xodisalarni chiqarib tashlash (inson sog’ligiga va hayotiga ziyon, yong’inlar va falokatlar). Shularning kelib chiqishi va shunga o’xshash xodisalar oqibatida kelib chiqadigan natijaga Xavf deb ataladi
3.Hayotiy faoliyat xavfsizligining uchta o`zaro bog`liq masalasi.
HFX - uchta o’zaro bog’liq masalani xal etadi:
1. Xavflarni birday (umumlashtirish) deb hisoblash, ya’ni ularning qiyofasiga qarab, koordinati va miqdoriy xususiyatlarini ko’rsatish ; 2. Sarf harajatlari va foydasini solishtirish asosida xavflardan himoya qilish; 3. Paydo bo’lishi mumkin bo’lgan salbiy (xavfning qoldiq deformatsiyasidan kelib chiqqan) xavflarni yo’qotish.HFX masalalari bilan qadim zamonlardan beri ko’p ulug’ allomalar shug’ullanib kelishgan. Masalan, Gippokrat eramizdan avvalgi 460-377 yillar, Aristotel eramizdan avvalgi 384-322 yillar, nemis tabibi, olimi va muhandisi Agrikola 1494-1555 y. Mehnat muxofazasidan risola yozgan, italyan tabibi Ramatssini (1633 -1714) tozalik gigiyenasiga asos solgan. M.V. Lomonosov (1711-1765) tog’ konlarida mehnat muxofazasi to’g’risida monografiya yozgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sanoatda texnika rivojlanishi munosabati bilan,bir guruh olimlar xavfsizlik muammosi bilan shug’ullanganlar: Kirpichev V.L. (1855-1913), PressAA (1857-1930), Nikolskiy D.P. (1855 - 1918), Levitskiy V.A. (1867-1936), Skochinskiy A.A. (1874-1960), Kaplun (1897-1943) va boshqalar. Abu Ali Ibn Sino (980-1087) o’z ishlari bilan bundan 1000 yil muqaddam gigiyena faniga asos solgan. Texnosferani rivojlanishiga xavfsizlik muammosi rivojlanishiga akad. Legasov V.A. o’z ilmiy ishlarini bag’ishlagan. HFX - o’z nazariya va metodologiya usullariga ega. Shunga qaramay HFX - muhandislik, ruhiy xolatiga (psixologiyasiga), inson fiziologiyasiga, mehnat muxofazasiga, ekologiya, ergonomika, iqtisod va boshqa fanlarning yutuqlariga asoslangan. HFX ning metodologik asosi - bu tartibiy taxlildir. Texnika va sanoatning yuqori taraqqiy etgan xozirgi davrida HFX ning ahamiyati yana ham oshib ketdi. Xavfsizlik masalalari yana ham keskinlashib ketdi, shuning uchun mehnat xavfsizligini chuqur o’rganish, bilish, tashviqot qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish masalalari asosida tarbiya qilish kerak.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin