1. Hayot faоliyati хavfsizligi fanini maqsad va fazifalari, tark
14. Operatorning ish joyini tashkil qilish. Ish joyi - bu inson mehnat faoliyatini amalga oshirishga “inson-mashina-ishlab chiqarish-muhit” tizimida ma’lumotlarni aks ettirish vositalari, boshqarish qismlari va yordamchi jixozlar bilan jixozlangan joydir. Ish joylari yakka va kollektiv turlarga bo’linib, tikka, o’tirib va “tikka-o’tirib” ishlashga mo’ljallanadi.Ish joyini rejalashtirish va joylashtirishda quyidagi prinsiplarga amal qilish tavsiya qilinadi: boshida to’liq rejalashtirish, keyin qismlarini, oldin optimal xolda, keyin amaliy ruxsat qilinganini; ish jarayoni va jixozni rejalashtirishga yagona tizim talablari bilan yondashish.Ish joyini loyihalashda antropometriya ma’lumotlarini hisobga olish muhimdir. Ergonomika bo’yicha manbaalarda maxsus ta’kidlanadiki, konstruktor o’zining antropometrik va psixofiziologik tavsiflarini boshqa odamlar uchun ham namunaviy deb qaramasligi va shu asosda narsalarni loyihalash jarayonini tashkil qilmasligi kerak.Faqat inson tanasi o’lchamlari va a’zolari haqida, uning yoshi va jinsi o’rganilgan xolda keng to’plangan tizimli tanlangan ma’lumotlarni jalb qilganda o’lcham standartlarini loyihalash uchun mustahkam ilmiy baza bo’lishi mumkin.Ish joyini tashkil qilishda quyidagilarni ta’minlash maqsadga muvofiq: - operatorning ma’qul ishchi xolati (tik yoki o’tirgan xolda); - muhimligi va ko’rish maydoni doirasida foydalanish jadalligiga qarab boshqarish qismlari va indikatorlarini ratsional joylashtirish;-operatorga harakatlanish va siljishda yetarli erkinlik berilishi;- ish joyi elementlarining eng yaxshi ko’rinishi;- insonning antropometrik, fiziologik va psixologik tavsiflarining ish joyi konstruksiyasiga mosligi;-mashinadan kelayotgan ma’lumotlar tezligi va hajmining inson tomonidan qabul qilish va ishlov berishi imkoniyatlariga mosligi;-operatorlarning ish vaqtida qisqa muddatli dam olishlari uchun sharoit bo’lishi;- ishlovchilarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish.Ish joyi o’zida ma’lumot (MAAV joylashgan bo’shliq) va motor (boshqarish qismlari joylashgan bo’shliq) maydonlarini tashkil qiladi.Ish joyining asosiy qismlaridan biri operatorning kreslosi (o’rindig’i) hisoblanadi. U operatorga fiziologik jihatidan mehnat harakteri va sharoitiga binoan ratsional ishchi xolat (poza)ni ta’minlash va funksional shinamlikni ta’minlash mezoni bo’lishi lozim.