ODAM ANATOMIYASINING (ANTROPOMETRIK PARAMETRLARINING) XAVFSIZLIKNI TAMINLASHDAGI AXAMIYATI.
Reja: 1 Antropometrik texnikaning umumiy tamoyillari.
2 Antropometrik tekisliklar, o`qlar, chiziqlar va nuqtalar.
3 Odam gavdasi o`lchamlari va shaklini xarakterlovchi belgilar.
4 Kiyim andozalashda ishlatiladigan antropometrik belgilar va antropometrik asboblar.
5 O`lchovlarni olish metodikasi , o`lchashlar dasturi.
Antropometrik texnikaning umumiy tamoyillari Yuqorida odam shaklining tashqi ko`rinishini aniqlovchi asosiy morfologik belgilarni ko`rib chiqamiz. Bu belgilarning kattaligi, jins va yoshga qarab o`zgaradi, o`zgaruvchanlik faqatgina ba‘zi o`lchamlardagina emas, balki mutanosiblik tiplarida va gavda tuzilishi tiplarida ham bo`ladi. Xilma-xillikni miqdoriy baholash uchun ma‘lumotlar miqdori bo`lishi zarur. Bu ma‘lumotlar aholini ommaviy tekshirishlar natijasida olinadi.
Odam tanasining va uning alohida qismlarini o`lchashdan iborat antropometrik tekshirishlarning asosiy usullaridan biri antropometriya deyiladi. Antropometriya aholi tartibiga kiruvchi odamlarning konkret gruppalarining morfologik belgilarini tekshirish bilan shug`ullanadi.
Odam gavdasi o`lchamlarini tekshirish natijalari o`tgan asrning oxirlaridan boshlab foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda antropometriya ma‘lumotlari klinik va sport meditsinasida, gavdaning jismoniy rivojlanishida, konstruktsiyasi, mutanosibligi va hokazolarning xususiyatlarini o`rganishda foydalaniladi. Odam gavdasining shakli o`lchamlari haqidagi ma‘lumotlar sanoatning turli tarmoqlarida muhim ahamiyatga ega.
Amaliy antropologiyani bilmasdan turib, yengil sanoat tarmoqlari, jumladan tikuvchilik tarmog`i oldida turgan masalalarni yechish mumkin emas.
Odam gavdasi formasi va o`lchamlari aholining turli gruppalari va ularning orasidagi variant ma‘lumotlar va bilimlar bo`lgandagina odam gavdasi formasi va o`lchamlariga mos kiyimni ko`plab ishlab chiqarish mumkin.
Ma‘lumotlar antropometrik tekshiruvlar asosida olinadi. Tekshirishlar maxsus programma bo`yicha olib boriladi. Natijalar kiyim andozalash uchun o`lcham tipologiyasini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Har bir antropometrik tekshirish o`z uslubiga ega.
a) Antropometrik uslub tamoyillari.
To`g`ri ma‘lumotlar olish uchun o`lchashlar metodikasi ishlov berishni talab etadi. O`lchashlarni o`tkazayotgan shaxslar o`lchash texnikasini mukammal egallagan bo`lishlari kerak. Chunki bunda har bir nuqtaning aniqligi va o`lchash yullarining qat‘iyan o`xshashligi talab qilinadi.
Gavda o`lchamlari o`lchanayotgan odamning holatiga bog`liq, shuning uchun barcha o`lchashlar bir xil holatga olib boriladi:
a) O`lchanayotgan odam to`g`ri, hech qanday zo`riqmasdan, odatdagi qomatini saqlab turadi;
b) Bosh aniq bir tekislikda belgilanadi;
s) Qo`llar gavda bo’ylab pastga tushirilgan, barmoqlar pastga cho`zilgan;
d) Oyoqlarning tizzalari to`g`ri, tovonlari birgalikda, oyoqlarining uchi ayrim holatda bo`ladi.
e) O`lchashlar yalang`och gavda bo’ylab o`tkaziladi;
f) Har bir odamni ikkita mutaxassis tekshiradi.
Biri o`lchaydi, ikkinchisi esa yozib boradi. Yozayotgan kishi asbobning holati va o`lchanayotgan kishining turish holatini ko`rib turadi.