Antropometrik tekisliklar, o`qlar, chiziqlar va nuqtalar. Odam gavdasi fazoda qurilgan. Juda murakkab geometrik figura bo`lgan odam tanasini fazoda o`rganishda chiziqlar va tekisliklardan foydalaniladi.
Bosh chiziqlar – bu 3 ta: 1 ta vertikal, 2 ta gorizontal o`qlardir. Bu o`qlardan tashqari 3 ta tekislik bor: 2 ta vertikal va 1 ta gorizontal tekisliklar. Tekisliklar o`zaro perpendikulyardir.
Frontal tekislik F – bu vertikal tekislik bo`lib, odam gavdasining old va orqa qismlariga bo`ladi.
Sogital tekisligi S – (vertikal) odam gavdasini o`ng va chap qismlariga bo`ladi, (frontal) tekislikka perpendikulyar.
Transversal (ko`ndalang) – gorizontal tekislik (F.S.ga perpendikulyar) va odam gavdasini yuqori va pastki qismlarga bo`ladi.
Bu tekisliklarga odam gavdasida joylashgan nuqtalarni proektsiyalash mumkin. Bu antropometrik nuqtalardir. Nuqtalar orasidagi chiziqlar antropometrik chiziqlar deb ataladi.
Antropometrik nuqta deb – odam gavdasida joylashgan va aniq ko`rinadigan do`nglik va chuqurlikka mos keladigan nuqtalarga aytiladi. Bu nuqtalar o`lchovlarni to`g`ri olishda mo`ljal bo`ladi. Quyidagi keltirilgan antropometrik nuqtalardan o`lchashda foydalaniladi.
Odam gavdasi o`lchamlari va shaklini xarakterlovchi belgilar. Odam gavdasining shakli murakkab. Uning o`lchamlarini aniqlashda turli usullardan foydalaniladi.
1 – usul. Nuqtalar orasidagi masofani 3 tekisliklardan biriga proektsiyalab o`lchash ko`ndalang diametr yoki diametr deb ataladi. Bu ko`ndalang o`lchamlar gavda va uning alohida o`lchamlari uzunliklarini aniqlaydi. Gavdaning alohida o`lchamlari nuqtalarning yerdan o`lchangan balandligining ayirmasi kabi topiladi. Bundan tashqari, bu usulda old-orqa proektsion diametrlari bor. Bularning ko`krak, bel, emizak nuqta va h.k. past balandligidagi chiziqlar. Ko`ndalang proektsion diametrlar bo`lib, bular bel, son, ko`krak, bo`yin va h.k. diametrlardir. Bu o`lchamlarning hammasi chiziqli o`lchamlar deyiladi. Bu o`lchamlar 3 ta tekislik sistemasida aniqlanadi.
2 – usul. Ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofani topish. Bu o`lchashlar to`g`ri (skvoznoy) diametrlar nomini olgan. Masalan: 2 ta akromial nuqtalar orasidagi masofa – chanoq kengligining diametri hisoblanadi.
3 – usul. O`lchash tana sirti bo`ylab o`tkaziladi, yoyli o`lchash. Bu bel, son, bo`yin va h.k. aylanasi. Bundan tashqari, bu yerga tana sirti bo`ylab, o`lchanuvchi ko`krak, orqa kengliklari, orqaning belgacha uzunligi kabi ko`ndalang va bo`ylama o`lchamlar kiradi. Bular antropometrik o`lchamlardir.