1. Hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari


Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi



Yüklə 175,5 Kb.
səhifə6/6
tarix13.04.2023
ölçüsü175,5 Kb.
#97423
1   2   3   4   5   6
MOL YETKAZIB BERUVCHILAR VA PUDRATCHILAR BILAN HISOB KITOBLAR AUDITI

5. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi.


Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishning umumiy qismi - qoldiqlar haqqoniyligini baholash va bajariladigan uslubiy amallar mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishga o’xshash.
№21-BHMSga muvofiq jo’natilgan mahsulot, material, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun xaridor va buyurtmachilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020- «Olingan veksellar», 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Auditor 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020-«Olingan veksellar» va 6310-
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlari bo’yicha hisob yuritish va nazoratning holati hamda qoldiqlarning haqqoniyligini baholash natijasida xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo’yicha muomalalarning ishonchliligini tekshiradi. Bu schyot bo’yicha oborotlarni tekshirishning muhimligi korxona faoliyatini baholaydigan asosiy ko’rsatkich - tovarlar, mahsulotlar, ish va xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad
ko’rsatkichi bo’yicha axborotlarni shakllantirishi bilan izohlanadi.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalarni tekshirishda 4010, 4020 va 6310 schyotlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlarining Bosh daftar hamda o’zaro aloqador hisob registrlari ma’lumotlari bilan tengligi aniqlanadi. Bunda asosan 4010- schyot debeti bo’yicha yozuvlar 9010, 9020, 9030, 9210, 9220-schyotlarning krediti bo’yicha yozuvlar bilan solishtiriladi. Agar qonun yoki oldi-sotti shartnomasida tovarga mulkchilik huquqining maxsus tartibi ko’zda tutilmagan bo’lsa, uholda umumiy qoida bo’yicha mulkiy huquq mol etkazib beruvchidan xaridorga tovarni jo’natish vaqtida o’tadi va debet 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va kredit 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar»schyoti yozuvi bilan aks ettiriladi. Bunday yozuv soliqqa tortish maqsadi uchun qanday hisob tartibi - «to’lov bo’yicha» yoki «jo’natish bo’yicha» qabul qilinganidan qat’iy nazar amalga oshiriladi. Dastlabki hujjat va 4010schyotning hisob registri bo’yicha mahsulot jo’natilgan sanani taqqoslash orqali muomalalarning o’z vaqtida aks ettirilishi nazorat qilinadi.
Agar shartnomada tovarlarga mulkiy huquq o’tishining maxsus tartibi ko’zda tutilgan bo’lsa, u holda jo’natilgan qiymatliklarga mulkiy huquq ularni jo’natish vaqtida emas, balki pul to’lanish vaqtida o’tishi mumkin. Bu holda jo’natilgan va sotilgan tovarlar uchun xaridorlarning qarzlari ham shunday yozuv bilan, ammo pul to’lanish vaqtiga aks ettirilishi muhimdir. Bu xaridorlar bilan chet el valyutasida hisoblashilganida va xaridorlar bilan shartli birliklarda hisoblashilganda o’ta muhimdir. Chunki muomalalarni aks ettirish sanasiga bog’liq holda valyuta kursi natijada esa umumiy qarzdorlik, kurs va summa tafovutlari aniqlanadi.
Muomalalarning hujjat bilan asoslanganligini tekshirish chog’ida tovar (mahsulot, ish va xizmat)lar bahosi shakllanishining shartnoma shartlariga muvofiqligi, hamda QQS summasi va xaridorlarga taqdim qilingan schyotlar boshqa elementlarining to’g’riligi aniqlanadi. Xaridorlar tomonidan schyotlarni to’lashning o’z vaqtidaligi va to’liqligi 5110, 5210, 5220, 6310, 7310 schyotlar bilan boglanadigan ma’lumotlarni taqqoslash va analitik hisob registrlaridagi yozuvlarni ko’rib chiqish yo’li bilan aniqlanadi.
Veksellar bilan hisob-kitob qilinganida №21 BHMS talablariga muvofiq 4020 -«Olingan veksellar» schyotini yuritish tartibiga rioya qilinishi va xaridorlarning veksellar bilan ta’minlangan qarzlari analitik hisobining tuzilishiga qat’iy e’tibor qaratilishi lozim. Bunda xususan, veksellarning to’lov muddati, banklarda
hisobga olinganligi (diskontlangani), o’z vaqtida puli kelib tushmaganlari alohida tekshirilishi zarur.
Shuningdek, olingan veksellar bo’yicha veksel foizlari va QQS aks ettirilishi, veksel bo’yicha pul mablag’larining kelib tushish chog’ida (tovarlar, qaramaqarshi talablar) vujudga keladigan majburiyatlar to’g’riligi tekshiriladi.
Tekshiruv jarayonida xaridorlarning muddatlari o’tib ketgan debitor qarzlari talab qilinganligi va talab qilinmaganligini aniqlab tahlil qilinadi. Debitor qarzlarni hisobdan o’chirish faktlari bo’yicha auditor ushbu faktlarning asoslanganligi va to’g’ri aks ettirilganligini aniqlaydi.
Debitor qarzlarning ahvoli va ularni hisobdan o’chirishni tekshirish amallari shubhali qarzlar bo’yicha rezerv yaratish va undan foydalanishni tekshirish amallari bilan kesishadi. Shubhali qarzlar bo’yicha rezervlardan foydalanishning asosliligini tekshirish debitor qarzlarni hisobdan o’chirish chog’ida ko’rib chiqiladi.
Mahsulot va materiallarni sotishga jo’natish me’yoriga qarab barcha nakladnoy ma’lumotlari tayyor mahsulotlarni sotishga doir hujjatlar reestri (63 - ASK shakl)ga yozib boriladi. Reestrlar ichki xo’jalik bo’linmalari (shirkatlar, brigadalar va boshqalar)dan xo’jalik buxgalteriyasiga topshirilib, ularning ma’lumotlari asosida «Qishloq xo’jalik mahsulot, material, ish va xizmatlari realizatsiyasini hisobga olish vedomosti (62 - ASK shakl) tuziladi. Reestrlarda xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblar har qaysi to’lov hujjati bo’yicha alohida-alohida hisobga olib boriladi. Hisobot oyi ichida to’lanmagan summalar, undan keyingi oyda xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish uchun xizmat qiladigan, yangi saldo (qoldiq) reestriga har qaysi to’lov hujjatidan o’tkaziladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblarni tekshirishni boshlashdan oldin saldo (qoldiq) reestrlarida ko’rsatilgan qoldiqlarning Bosh daftardagi 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020- «Olingan veksellar», 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlari bo’yicha qoldiqlarga teng kelishini aniqlash zarur. Shuningdek, reestrlarning o’z vaqtida to’lg’azilishi, buxgalteriyaga topshirilishi va xo’jalikning kassasiga yoki hisob-kitob schyotiga tushgan to’lovlar haqida belgilar (yozuvlar) mavjudligi tekshiriladi. Mahsulot, material, ish va xizmatlar realizatsiyasi bo’yicha to’lov talabnomalarining o’z vaqtida to’lg’azilishi va inkassaga qo’yilishi tekshiriladi. Qarzlarning vujudga kelish sanalari va to’lov muddati o’tib ketgan summalarini saldo (qoldiq) reestrlari bo’yicha aniqlash zarur. Ushbu to’lov hujjatlari bo’yicha qarzlar nihoyatda puxta tekshiriladi. Chunki, amaliyotda xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va 4020- «Olingan veksellar», schyotlarining debetida, to’lovlarning kelib tushishi esa 6310- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotining kreditida aks ettiriladi, shuningdek mahsulot va materiallar bir xo’jalik yoki tashkilotga jo’natilib, schyot esa adashib boshqasiga taqdim etilishi hollari ham uchraydi. Buning natijasida noxaq debitor va kreditor qarzlar vujudga keladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muddati o’tib ketgan debitor qarzlarni undirish choralari ko’rilayotganligi aniqlanadi, hisob-kitoblarni o’zaro taqqoslash va aniqlangan tafovutlarni taqqoslash dalolatnomasi tuzib to’g’rilash, shuningdek qarzlarni o’zaro surishishga doir ishlarning amalga oshirilayotganligi tekshiriladi.
ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni - Toshkent 1996 y. 30 avgust.

  2. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may. (O’zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni, O’zR 04.04.2006 y. O’RQ-28-son Qonuni, O’zR 10.10.2006 y. O’RQ-59-son Qonuni, O’zR 17.09.2007 y. O’RQ-110-son Qonuni, O’zR 09.09.2009 y. O’RQ-216-son Qonuni asosidagi o’zgartirishlar bilan)

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-son Qaroriga ilova «Auditorlik tashkilotlari to’g’risida» Nizom.

  4. Do’smuratov R.D. Audit asoslari.-T.: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 2003.-612 s.

  5. Audit. Darslik 1-jild. M.M.Tulajodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.

  6. Audit. Darslik 2-jild. M.M.Tulajodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.

  7. Аудиторлик фаолияти буйича услубий кулланмалар тупалами./ Х.Косимов,

Л.Югай, А.Хошимова, Б.Пардаев, Б.Абдуназаров.-Тошкент, 2010.-320 б.

  1. Сборник методических указаний по аудиту/ Х.Косымов, Л.Югай,

А.Хошимова, Б.Пардаев, Составитель: Б.Абдуназаров.-Ташкент, 2009.-304 с.

  1. Аудит: учебник для студентов вузов, обучающихся по экономическим специальностям / под ред. В.И Подольского. М.: – “ ЮНИТИ – ДАНА”, – 2009 г. – 744 стр.

  2. Жминько С. Внутренний аудит. – Ростов н/Д: “Феникс ”, 2008 г. –316 стр.


1 Ўзбекистон Республикаси молиявий қонунлари, №8. 2000 г

Yüklə 175,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin