1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari


- Buxgalteriya hisobida mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish



Yüklə 89,22 Kb.
səhifə20/40
tarix13.02.2023
ölçüsü89,22 Kb.
#84119
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari

20- Buxgalteriya hisobida mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqargan mahsulotining bahosini aniqlab, sotish uchun tayyorgarlik ko‘radi. M ahsulot tannarxini aniqlash maqsadida kalkulatsiya qilinadi. Kalkulatsiya qilishda ma’lum bir mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilinadigan xarajatlar rejalashtiriladi va bir dona ishlab chiqariladigan mahsulotga taalluqli bo‘lgan sarf-xarajatlar rejasi hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarilishi zarur bo‘lgan mahsulotning reja tannarxi deb, mahsulotni ishlab chiqarish uchun ko‘zda tutilgan xarajatlar yig‘indisiga aytiladi. Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotning rejadagi tannarxi bilan haqiqiy tannarxi o‘rtasida farq kelib chiqishi mumkin. Agar mahsulotning haqiqiy tannarxi reja tannarxidan past bo‘lsa, aytish mumkinki, ishlab chiqaruvchi ilg‘or texnologiyadan foydalanish hisobiga mahsulot tannarxini arzonlashtirib, o‘z foydasini oshirishga erishgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi rejadagi tannarxdan yuqori bo‘lsa, u holda korxona mahsulotni ishlab chiqarishda qo‘shimcha xarajatlarga yo‘l qo‘ygan, deb baholash mumkin. O‘z navbatida, mahsulot ishlab chiqarishda sarf qilingan xarajatlar, asosan, ikkiga bo‘linadi:
1. Asosiy xarajatlar
2. Ustama xarajatlar.
Asosiy xarajatlarga ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil qiluvchi, bevosita ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xarajatlarga aytiladi. Bunday xarajatlarga: material xarajatlari, asosiy ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq ishchilarning ish haqi xarajatlari, ijtimoiy sug‘urta xarajatlari kiradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga kiritiladigan xarajatlar bevosita xarajatlar deb yuritiladi. Shunday xarajatlar qilinadiki, ularni ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazish mumkin emas, chunki bunday xarajatlar turli ishlab chiqarilgan mahsulotlarga taalluqlidir, bunday xarajatlar bilvosita xarajatlar deb ataladi. Bilvosita xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga tegishli taqsimlash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Mahsulot ishlab chiqarishda sarf qilingan xarajatlarni to‘g‘ri hisob-kitob qilishda ularni tugallangan va tugallanmagan tayyor mahsulotlar bo‘yicha alohida-alohida aniqlash talab qilinadi, chunki mahsulot tannarxi kalkulatsiyasi, asosan, tayyor mahsulotga nisbatan amalga oshiriladi. Iqtisodiy adabiyotlarda, shu jumladan, buxgalteriya hisobiga doir yozilgan adabiyotlarda kalkulatsiya bilan kalkulatsiya qilishga turlicha ta’rif berilgan. Professor M .Ostonaqulov tomonidan yozilgan „ Buxgalteriya hisobi nazariyasi“ darsligida bu holatga to‘g‘ri ta’rif berilgan. Kalkulatsiya deb, ma’lum ishlab chiqarilgan mahsulot, tayyorlangan moddiy qiymatlik, bajarilgan ish va qilingan xizmatlarning rejalashtirilgan, me’yoriy yoki haqiqiy tannarxini ko‘rsatuvchi hujjatga aytiladi. Kalkulatsiya qilish deb esa, ishlab chiqarilgan mahsulot, tayyorlangan moddiy qiymatlik, bajarilgan ish va qilingan xizmatlarning rejalashtirilgan ish va qilingan xizmatlarning rejalashtirilgan, me’yoriy yoki haqiqiy tannarxini aniqlash jarayoniga aytiladi. Xarajatlarni mahsulot tannarxiga o‘tkazish, ya’ni bevosita tannarxga ta’sir qiluvchi xarajatlardan unumli foydalanish, mahsulot sifatiga salbiy ta’sir qilmasdan ularni tejab qolish imkoniyatlarini ishga solish, rentabellikni oshirishga qaratilgan omildir. Mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxiga kiritilgan xarajatlar qonun va me’yoriy hujjatlar bilan tasdiqlanib, kalkulatsiya moddalari ishlab chiqiladi. Mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlashda xarajatlarni hisobot davrlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash alohida e’tiborlidir. Shunday xarajat moddalari borki, ularni hisobot davri bo‘yicha to‘liq tannarxiga o‘tkazish iqtisodiy jihatdan noo‘rindir. Hozirgi kunda mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga quyidagi xarajatlar kiritilgan.


Yüklə 89,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin