1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari


- Тa’minot jarayoni hisobi



Yüklə 89,22 Kb.
səhifə21/40
tarix13.02.2023
ölçüsü89,22 Kb.
#84119
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari

21- Тa’minot jarayoni hisobi
M ulk shaklidan qat’i nazar, har bir korxona va tashkilot birlamchi faoliyat ko‘rsatish uchun tegishli asosiy va oborot mablag‘lari holatini tartibga solgan holda o‘z Nizomini ishlab chiqadi va shu Nizomga asosan faoliyatni amalga oshiradi. Buning uchun, Nizom tegishli davlat idoralari (hokimlik) ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi shart. Тa’minot jarayonida korxona va tashkilotning bevosita o‘ziga taalluqli bo‘lgan asosiy va aylanma mablag‘larining holati hisob-kitob qilinadi va mablag‘lar holatidagi o‘zgarishlar tegishli schotlarda alohida-alohida hisobga olinadi. Bu jarayonning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u orqali boshqa jarayonlar uchun asos yaratiladi. Ya’ni boshqa korxona va tashkilotlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni yuritish uchun imkoniyat yaratiladi. O‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Тuzilgan shartnomalarning bajarilishi ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining boshlanishi uchun asos yaratadi. Тa’minot jarayoni korxona faoliyatining asosini tashkil qilishi kerak, chunki u jarayon tannarxga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Buxgalteriya hisobida ta’minot jarayoni quyidagi schotlarda ko‘rsatiladi:
„ Asosiy vositalar“ schotida;
„ M ateriallar“ schotida;
„ O‘rnatiladigan asbob-uskunalar“ schotida;
„ Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar“ schotida.
„ Asosiy vositalar“ schoti. Asosiy vosita deb, har bir donasining qiymati 15 minimal ish haqidan yuqori va xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lgan mehnat qurollariga aytiladi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etib, o‘z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga eskirish, hisoblash yo‘li bilan o‘tkazib boradi. „ Asosiy vositalar“ schoti aktiv schot hisoblanib, uning debet tomonida asosiy vositalarning ko‘payishi, kredit tomonida esa ozayishi ko‘rsatiladi. Asosiy vositalarning kirimga qabul qilinishi yoki tugatilishi maxsus komissiya a’zolari tomonidan tuzilgan dalolatnoma bilan hujjatlashtiriladi. Asosiy vositalar buxgalteriya hisobida boshlang‘ich bahoda ko‘rsatiladi. Asosiy vositalarning harakatini va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini o‘rganish maqsadida quyidagi misolni keltiramiz. 1. 2003- yil 15- fevralda tuzilgan dalolatnomaga asosan korxonaga „ Bahor“ sovitgichi qabul qilindi—150000 so‘m.
Bu misolimizga quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi. Debet — „ Asosiy vositalar“ schoti—150000 so‘m. Kredit „ Kapital qo‘yilmalar“ schoti—150000 so‘m. M isolimiz schotlar chizmasida quyidagicha ko‘rsatiladi:
Dt 0800 Dt 01000
Boshlang‘ich Boshlang‘ich
qoldiq qoldiq
150000 150000
„ Asosiy vositalar“ schoti bo‘yicha kirimga qabul qilingan va ishlab chiqarishda tugatilgan asosiy vositalar bu to‘g‘rida tuzilgan maxsus dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Buning uchun korxona rahbari tomonidan buyruq chiqariladi va unda dalolatnoma tuzuvchi komissiya a’zolarining tarkibi ko‘rsatiladi

Yüklə 89,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin