23- Buxgalteriya hisobi schotlarini turkumlarga ajratishning ahamiyati va vazifalari Bozor iqtisodiyoti har bir korxona va tashkilotning har tomonlama tejamkorlik asosida faoliyat ko‘rsatishini va ishlab chiqarilgan mahsulot sifatining xaridorgir bo‘lishini talab qiladi. Bu vazifani bajarishda korxona va tashkilotlar turli manbalar harakati bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalarini amalga oshiradilar va mablag‘lar holatida ularni tashkil etish manbalari va joylashishida tegishli o‘zgarishlarga olib keladi. Xo‘jalik muomalalari ta’sirida bo‘ladigan mablag‘lar harakatidagi o‘zgarishlar tegishli schotlarda o‘z ifodasini topadi. Buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilgan mablag‘lar harakati bevosita korxona xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq holda olib boriladi. Xo‘jalik muomalalari turli xil bo‘lib, ular turkumlashni talab qiladi. Buxgalteriya hisobi schotlarini turkumlarga ajratishdan kutiladigan asosiy maqsad amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalarini umumlashtirish, olinadigan ma’lumotlarni soddalashtirishdan iboratdir. Shu bilan birga, mablag‘lar harakati yuzasidan nazorat ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishni ta’minlashdir. Buxgalteriya hisobi schotlarini turkumlarga ajratish manbayi bo‘lib, amaldagi schotlar rejasi hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi schotlarini, asosan, ikki xususiyatga qarab turkumlarga ajratish mumkin: 1. Schotlarning tabaqalanishi va tuzilishiga qarab. 2. Schotlarning iqtisodiy mazmuniga qarab. Schotlarning tabaqalanishi va tuzilishiga qarab turkumlashda yechimi, to‘liq mazmuniga e’tibor berish, har bir schotning qaysi xo‘jalik muomalasini umumlashtirish uchun belgilanganligiga, undagi debet va kredit yozuvlar qoldig‘ini aniqlash tartibiga alohida e’tibor beriladi. M isol uchun, „ Kassa“ schotini olaylik, bu schotda faqat kassa muomalalari, ya’ni kassaga kirim qilingan yoki kassadan chiqim qilingan pul mablag‘lari holati hisobot davri ichida turlari bo‘yicha ko‘rsatilsa, hisobot davrining oxirgi — ya’ni qoldig‘ini aniqlashda umumlashtirilgan holda ma’lumot olish imkonini beradi. Buxgalteriya hisobi schotlarining tabaqalanishi va tuzilishi bo‘yicha turkumlarga ajratish amalga oshirilgan xo‘jalik mollarini schotlarda to‘g‘ri aks ettirish imkonini beradi, amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki yoqlama yozishni ta’minlashga yordam beradi. Schotlarni iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratishdan asosiy maqsad, schotda nimalar hisobga olinadi, qanday xo‘jalik muomalalarini tartibga solish uchun belgilanganligini ko‘rish mumkin. Buxgalteriya hisobi schotlarini ikki xususiyatiga qarab turkumlash schotlarning iqtisodiy mazmunini ochib beradi. Buxgalteriya hisobi schotlarini turkumlarga ajratish yordamida xo‘jalik mablag‘larining joylanishi, tashkil topishi, manbalari bo‘yicha sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni kuzatish imkoniyati yaratiladi. Buxgalteriya hisobining schotlarida korxona va tashkilotlarning mablag‘lari o‘z ifodasini topadi. Har bir schot bir turli mablag‘lar harakati to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beradi.qiladi.