1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari


- Schotlarni tuzilishi va tayinlanishiga qarab turkumlash



Yüklə 89,22 Kb.
səhifə24/40
tarix13.02.2023
ölçüsü89,22 Kb.
#84119
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari

24- Schotlarni tuzilishi va tayinlanishiga qarab turkumlash
Buxgalteriya hisobi schotlarida ko‘rsatiladigan xo‘jalik muomalalarida bevosita mahsulot ishlab chiqarish, sotish bilan bog‘liq hisob-kitoblar ko‘rsatiladi. Bu hisob-kitoblarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ayrim amalga oshirilgan muomalalar summasi bevosita mahsulot tannarxiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazilsa, ayrimlari tegishli taqsimlash yo‘li bilan o‘tkaziladi. M ahsulot tannarxiga tegishli taqsimlash yo‘li bilan o‘tkaziladigan xarajatlar alohida schotlarda yig‘ilib boradi. Buxgalteriya hisobi schotlarining tuzilishi va tayinlanishi bo‘yicha turkumlashdan asosiy maqsad, schotlarda aks ettirilgan xo‘jalik muomalalarini tartibga solish, xarajatlarini o‘rganish va tejab olish imkoniyatlarini aniqlashdir. Buxgalteriya hisobi schotlarining joylanishi va tuzilishiga qarab turkumlashdan asosiy maqsad, qaysi schotda nimalar hisobga olinadi, mahsulot tannarxi qanday aniqlanadi, xarajatlar qaysi schotlarda yig‘iladi, tannarxga o‘tkazish tartibi qanday, degan savolga javob olishdir. Buxgalteriya hisobi schotlarini tayinlanishi va tuzilishiga qarab turkumlashga ko‘ra schotlar quyidagilarga bo‘linadi:
1. Asosiy schotlar.
2. Тartibga soluvchi schotlar.
3. Yig‘ilib taqsimlovchi schotlar.
4. Kalkulatsiya schotlari.
5. Тaqqoslovchi schotlar.
6. Balansdan tashqaridagi schotlar.
Schot turkumlarining yuqoridagi ko‘rsatilgan tartibi professor M . Ostonaqulov tomonidan yozilgan darslikda ham o‘z ifodasini topgan. Asosiy schotlar. Bunday schotlarga korxona mablag‘lari holatini to‘liq aks ettiruvchi, mablag‘lar joylanishi va tashkil topishi manbalarini aks ettiruvchi schotlar kiradi. Demak, asosiy schotlar korxonaning asosiy va oborot mablag‘larini hisobga oluvchi schotlarga bo‘linadi. Asosiy vositalarning harakati faol „ Asosiy vositalar“ schotida yuritilsa, oborot mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar faol schotlar hisoblanib, bu schotlarda mablag‘larning ko‘payishi debetda, ozayishi esa kreditda ko‘rsatiladi. Misol uchun, „ Тovarlar“ schotini olaylik, bu schotda sotishga mo‘ljallangan jami tovarlar summasi ko‘rsatiladi. Schotning oy boshiga bo‘lgan qoldig‘i, hisobot davridagi ko‘payishi debet tomonda, kamayishi esa kreditda ko‘rsatiladi. O‘z navbatida, asosiy schotlar mablag‘larning joylanishi va tashkil topishi, mablag‘larini aks ettiruvchi schotlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni asosiy schotlar guruhi faol va nofaol schotlardan tashkil topadi. Тartibga soluvchi schotlar. Bu guruhga kiritilgan schotlarning asosiy maqsadi xo‘jalik mablag‘larining joylanishini va tashkil toppishini, manbalarning tegishli qo‘shimcha ma’lumotlari yordamida aniqlik kiritish yo‘li bilan tartibga solishdir, ularning qiymatini, to‘liqligini nazorat qilishda qo‘shimcha ma’lumot zaruriyatini tasdiqlashdir. M isol uchun: „ Asosiy vositalar“ schotini olaylik. Asosiy vositalar qabul qilingandan to yaroqsiz holga kelib, hisobdan chiqarilgunga qadar „ Asosiy vositalar“ schotining debet tomonida ko‘rsatiladi. Ulardan foydalanish davomida o‘z qiymatini asta-sekin yangidan yaratilgan mahsulotga o‘tkazib boradi. Bu esa asosiy vositalarning eskirishi sifatida amalga oshiriladi. Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini, ularning to‘liqligini ta’minlashda, ularning eskirishini aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotga asosan asosiy vositalarning qoldiq qiymati aniqlanadi.

Yüklə 89,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin