1. Hissiyot,uning turlari va Hissiy holatlarning ifodalanishi va Shaxsning hissiy-irodaviy sohasi va kasbga moslashishi


Iroda-bu kishining oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni yengib o'tishga qaratilgan faoliyati va hulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o'z-o'zini boshqarishi demakdir



Yüklə 23,4 Kb.
səhifə3/4
tarix07.11.2022
ölçüsü23,4 Kb.
#67695
1   2   3   4
9-mavzu. Kasbiy faoliyati samaradorligini oshirishda hissiy-irodaviy va shaxsiy fazilatlarning o‘rni

Iroda-bu kishining oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni yengib o'tishga qaratilgan faoliyati va hulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o'z-o'zini boshqarishi demakdir.


  • Iroda-bu shaxs faolligining alohida shakli, uning hulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo'yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir.

  • Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o'z ehtiyojlariga ko'ra o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo bo'ladi.

Irodaviy faoliyatning o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgandir;

1) irodaviy harakatlarni shaxs hamisha ularning sub’ekti sifatida amalga oshiradi;

2) irodaviy akt, harakat shaxs to`la-to`kis mas’ullikni zimmasiga olgan ish, amal sifatda ichdan kechiriladi;

3) irodaviy faoliyat tufayli inson ko`p jihatdan o`zini-o`zi shaxs sifatida anglaydi;

4) irodaniy faoliyat sababli shaxs o`z hayot yo`li va taqdirini o`zi belgilashini tushunib yetadi.


Irodaviy faoliyatni shaxs uning batamom oqibatlari uchun sub’ekt sifatida amalga oshiradi. Faoliyat uchun ob’ektning o`ziga mas’ul hisoblanadi, vaholanki uning maqsadi doirasidan tashqari chiqadi. Sub’ekt muruvvat ko`rsatarkan, boshqacha tarzda yordam uyushtiradi, muammolarni hal qilishga ko`maklashadi.

Kishining irodasi o`z sifatlari, ya`ni kuchi, axloqiyligi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo`ladi. Iroda ma`lum kuchga ega bo`ladi, ba`zi hollarda irodasi kuchli, boshqa hollarda esa kuchsiz namoyon bo`ladi


  • Iroda kuchi - o`zini tuta bilishda, jasurlik, qat`iyat, matonat va chidamlilikda namoyon bo`ladi

  • O`zini tuta bilish - kishining oldiga qo`ygan maqsadlarining amalga oshirishga qarshilik qiladigan ichki holatini engishda ko`rinadigan irodadir. O`zini tuta bilish og`riq hissini, toliqish, qo`rquv va g`azabni engishda namoyon bo`ladi. O`zini tuta bilish ayni paytda keraksiz bo`lgan reflekslarga, odatlarga yo`l qo`ymaslikdir.

  • Dadillik - kishilik hayoti va omonligi uchun xavfli bo`lgan qarshiliklarni engishda ko`rinadigan kuchli iroda

Yüklə 23,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin