1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmetstrreplA


Miqdorlarni ulushlari bilan tanishtirish metodikasi



Yüklə 487,15 Kb.
səhifə80/92
tarix07.01.2024
ölçüsü487,15 Kb.
#209417
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92
1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org

Miqdorlarni ulushlari bilan tanishtirish metodikasi.
II – sinfda matematika o`qitishning asosiy maqsadi birning , , , , ulushlarga oid aniq tasavvurlarni hosil qilishdan iborat.

Kasrlarni o`rganishda Ko`rsatmalilik va ko`rsatma qurollar masalasi, ayniqsa muhimdir. Kasrlarni o`rganishning bu bosqichida o`qitish to`la ko`rgazmali bo`lishi, ayniqsa zarur. Shuning uchun ulushlarning hosil bo`lish jarayonini ko`rilayotganligi munosabati bilan iloji boricha ko`proq turli aniq predmetlar: olma, lyenta va boshqa har xil geometrik figuralarning modellarini (qalin qog`ozdan qirqib olingan turli kattalikdagi doiralar, kvadratlar, turli forma va kattalikdagi to`g`ri to`rtburchaklarni) teng bo`laklarga bo`lishga doir amaliy mashqlarni ko`proq o`tkazish kerak.


Bolalarni ulushlar hosil bo`lishi bilan tanishtirishga doir birinchi darsni taxminan bunday boshlash mumkin: «Bugun biz yangi sonlarbilan tanishamiz. Myenning qo`limdagi nima? (O`qituvchi masalani, olmani ko`rsatadi). Qaranglar myen uni nima qilayapman? (U olmani teng ikki bo`lakka ajratadi). Har bo`lakni nima deb atash mumkin? (Olmaning yarmi). Buni – chi? (Butun olamni ko`rsatadi). Bir butun olma nechta yarimta olmaga teng? (2 ta)».
Boshqa predmetlar bilan ish qilinganda ham o`quvchilar shunday mulohaza yuritadilar. Masalani, suvga to`ldirilgan stakan olinadi va suvning yarmi guldonga quyiladi, demak, stakanda yarim stakan suv qoladi. So`ngra Ko`rsatmalilikni bunday tartibda qo`llash zarur: avval doira, kvadrat, so`ngra qog`oz poloskalar, chiziqlar. Bunday pryedetlarni teng bo`laklarga bo`lish Bilan bir vaqtda ularni teng bo`lmagan bo`laklarga bo`lish Bilan ham ish ko`rish kerak. Masalan, doiraning bita modelini ikkita teng bo`lakka, ikkinchisini umuman teng bo`lmagan ikkita bo`lakka bo`lish kerak. Bunday topshiriqlarni bajarishda o`quvchilar doirani ikki bo`lakka bo`lishning usullaridan o`xshashlik va farqni aniqlay oladilar: u holda ham, bu holda ham doira ikkiga bo`linadi, lekin birinchi holda ikkita teng bo`lmagan bo`lakka, ikkinchi holda esa ikkita teng bo`lgan bo`lakka bo`linadi. Ikkinchi holda doir ikki bo`lakka bo`linadi va har bir bo`lak doiraning qismini tashkil qiladi, deb aytiladi.
Geometrik figuralar nabori bilan ishlanayotganda o`quvchilar bu figuralarning ko`p xossalarini qaytaradilar va yana ko`p xossalari bilan tanishadilar. Masalan, kvadratlarni teng to`rt bo`lakka bo`lishda o`quvchilar bu topshiriqni bajarishning ikkita usuli mavjudligini oson payqaydilar (107- rasmga qarang). Ular kvadrat tomonlari va burchaklari o`zaro tengligiga yana bir bor ishonch hosil qiladilar, kvadrat simmetriyasi haqida birinchi tasavvurga ega bo`ladilar.
Bu mashqlarni bojarishda doskaga chiqarilgan bitta yoki ikkita o`quvchigina qatnashib boshqa bolalar passiv kuzatuvchi bo`lib qolmasligi maqsadida sinfning barcha o`quvchilari aktiv ishtirok etishlari juda muhim. O`quvchilarni butun fikr-zikri figuralarni teng bo`laklarga bo`lish jarayoniga qaratilgan bo`lishi uchun har bir o`quvchiga qog`ozdan qirqilgan doiralar, to`g`ri to`rtburchaklarni tayyorlab qo`yish kerak.
107 –rasm

Turli figuralarni teng bo`laklarga bo`lishda va bunday bo`laklarning bittasidan, ikkitasidan va hakozodan iborat, figuralarni o`ragnish kasr sonlarni belgilash uchun zarur bo`lgan tyerminologiya va simvolikani kiritishga imkon beradi. Shunday qilib, kasrlarni hosil qilish jarayonini namoyish qilishda bolalar e'tiborini kasrlar o`z nomlarini qanday printsipda olishlariga qaratish zarur-kasr ulushlarining nomlari Bilan predmet necha teng bo`lakka bo`linishi orasidagi bog`lanishni o`rganish zarur. (agar predmet ikkita teng qismga bo`lingan bo`lsa, ulardan har biri ikkidan birga, agar to`rtta teng qismga bo`lingan bo`lsa, to`rtadan biriga teng bo`ladi va hakozo).


Bolalarni turli ulushlarning nomlari va hosil bo`lishi bilan tanishtirib bo`lgach, ularga har bir ulushni qanday belgilashni ko`rsatish zarur. , , va boshqa ko`rinishdagi yozuvlar bilan «surat» va «maxraj» tyerminlarini kiritmasidan tanishtirladi. O`qituvchi ikkitadan bir ulashni belgilashni talab qilsa, buning uchun o`quvchilar chiziq chizishadi va chiziq ostiga ikkini, chiziq ustiga birni yozishadi. Bolalarni ulushlarni yozish Bilan «Ulushlar» temasining birinchi darsdayoq tanishtirish lozim.
Figuralarning teng bo`laklarga amaliy bo`lish asosida ulushlarni taqqoslash ham o`tkaziladi. O`qituvchi masalan, ta bir xil to`g`ri to`rtburchakli poloska (yoki boshqa figuralarni) qirqishni taklif qiladi.
O`quvchilarda kerakli miqdorda to`g`ri burchakli poloskalar tayyor bo`lgandan keyin poloskalardan birini (bo`qish yo`li bilan) ikkita teng qismga, ikkinchisini teng uchga, uchinchisini teng to`rtga, to`rtinchisi teng oltiga, beshinchisini teng sakkizga bo`lish taklif qilinadi. Bolalar ulushlardan eng kattasi yarim, eng kichigi esa sakkizdan bir ekanini, ya’ni masalan, > ; > ; > va hakozo ekaniga ishonch hosil qiladilar.
Shunday qilib, o`quvchilar figuralarni teng bo`laklarga amaliy bo`lish yo`li bilan ulushlarni taqqoslaydilar. Ulushlarni amaliy taqqoslashda to`g`ri burchakli poloskalar bilan bir qatorda doiralardan ham, kvadratlardan ham boshqa geometrik figuralardan ham foydalanish zarur. Turli ulushlarni faqat buklash yoki qirqish bilangina emas, balki bo`yash orqali ham hosil qilish mumkin.
Ikknchi sinfda bolalarning sonning ulushini topishga va ulushiga ko`ra sonning o`zini opishga doir masalalarni yechish bilan tanishtirish kerak. Bolalarning sonning ulushini topishga doir masalalarni yechish bilan tanishtirishni amaliy ishdan boshlash kerak: bolalarga uzunligi masalan, 12 sm bo`lgan qog`oz poloskalari tarqatiladi va uni teng ikkiga bo`lish taklif qilinadi. Poloskaning yarmini o`lchash taklif qilandi. Poloska necha Santimetrdan iborat? (12 sm). Uning yarmi-chi? (6sm) Endi poloskaning o`zini 4 ta teng bo`lakka bo`ling. Poloskaning bo`lagida qanday bo`ladi? O`lchash yo`li bilan tekshiring kabi topshiriqlar beriladi.
Xuddi shunday ish boshqa geometrik figuralar, masalan, doiralar bilan ham bajariladi.
Quyidagi masala misolida masalalar sharti va yechilishining qisqacha yozilishi qanday ko`rinishda bo`lishini ko`rsatamiz: «Kitob 80 betdan iborat. Qizcha kitobning qismini o`qib bo`ldi. Qizcha kitobning necha betini o`qib bo`ldi?» 80 betning qismi-? 80:4= 20 bet.
Javob: Qizcha kitobning 20 betini o`qib bo`lgan.
Shartning qisqacha yozilishini chizma orqali ham ifodalash mumkin (108 rasm). Bolalarni ulushiga qarab sonning o`zini topishga doir masalalarning yechilishlari bilan quyidagi amaliy ishlarni bajarish orqali tanishtirish kerak. Bunda bolalarga to`g`ri to`rtburchakli uzunliklar masalan, juft sondagi Santimetrlar bilan ifodalanadigan poloskalar tarqatiladi va bunday topshiriqlar beriladi: «Syenning poloskaning bo`lagi nimaga teng?», «Butun poloskaning uzunligi nimaga tengligini o`ylab ko`r? », «Nima uchun yarim poloska uzunligini 2 ga ko`paytirish kerak?».
Bunday amaliy ishdan so`ng masalalarni yechishga o`tish mumkin. Misol uchun bunday masalaning qisqacha yozilishi va yechilishini ko`rib chiqamiz:
minutda 5 km uchadi. Bir minutda u necha kilometr uchadi?» Masala shartining grafik tasviri (109 – rasm) berilgan.
Masalani shartini qisqacha yozilishi:
qismi 5 km ga teng bo`lgan soni toping.
Yyechilishi:5x3=15 (km).
Javob: Minutiga 15 km.
5 km
80 bet ?
108-rasm 109 – rasm


Yüklə 487,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin