1 §. Geometrik materialni o`rganishning asosiy masalalari.
Boshlang`ich sinflar matematikasida geometrik material alohida o`rin egallaydi. Geometrik materiallar ko`pchilik hollarda arifmetik va materiallar bilan uzviy bog`liqlikda o`rganiladi. Davlat ta'lim standartlarida geometrik materialni o`rganishga yetarlicha e'tibor berilgan.
Boshlang`ich sinflarda geometrik elementlarini o`rganishning asosiy maqsadi geometrik shakllar, ularning elemetlaril orasidagi munosabatlari, xossalari haqidagi tasavvurlar tizimini tarkib toptirishdan iborat, shakllarni chizmachilik va o`lchash asboblari yordamida yoki ularsiz yasash, o`lchash amaliy malakalari shakllantiriladi. Geometrik elementlari bilan tanishtirishda kuzatish, taqqoslash, induktiv va deduktiv xulosa chiqarish, laboratoriya, amaliy metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Bu maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda o`qitishning turli vositalaridan keng foydalaniladi. Masalan, geometrik shakllar modellari, plakatlar, kartochkalar, predmetlar, cho`plar, diapozitiv, kodopozitiv, diafilmlar bilan birga chizmalarni bajarish uchun chizmachilik – o`lchash asboblarii to`plami: chizg`ich, sirkul, Paletka albatta sinfda mavjud bo`lishi muhimdir.
2 §. Geometrik figuralar haqida dastlabki tasavvurlar tizimini tarkib toptirish.
Asosiy geometrik figuralar haqidagi tasavvurlar va ko`nikmalarini shakllantirish matematika o`qitishning ilk kunlaridayoq amalga oshirilib boriladi. O`quvchilar bunda turli xil tabiatli predmetlar va geometrik shakllar modellari bilan ish ko`rib, mashqlarni bajara borib, shakllarning muhim va muhim bo`lmagan umumiy belgilarni aniqlaydilar. O`quvchilar dastlab nuqta, to`g`ri chiziq, egri chiziq, kesma, siniq chiziq tushunchalari haqida aniq tasavvurlarni tarkib toptirish kerak. Bu tushunchalar maktab geometriya kursining asosiy (ta'riflanmaydigan) tushunchalaridan bo`lganligi uchun «Nuqta deb nimaga aytiladi», «To`g`ri chiziq deb nimaga aytiladi» degan savol ma'noga ega bo`lmay qoladi.
Qalam uchining qog`ozdagi izi, bo`rning doskadagi izi nuqta haqida tasavvurni beradi. Bo`r surtilgan ipni tarang tortib qo`yib yuborilsa, doskada TO`G`RI ChIZIQ bir qismining obrazi hosil bo`ladi. Uni har ikkala tomonga davom ettirishi mumkin. Chizg`ich yordamida, qog`oz varag`ini buklash orqali, tekisliklarning kesishish chizig`i, stol qirrasi kabilarni ham to`g`ri chiziq deb tasavvur qilish mumkin.
O`quvchilarni to`g`ri chiziq bilan tanishtirilayotganda egri chiziq bilan ham tanishtiriladi. Tarang tortilgan ip salqi holatga keltirilsa, u qoldirgan iz egri chiziq haqida tasavvur beradi. Mashqlar bajarish orqali o`quvchilar to`g`ri va egri chiziqlarning ba'zi xossalari bilan tanishtiradilar. Masalan, berilgan nuqtadan chiziqlar o`tkazish bo`yicha mashq qilib, bir nuqta orqali istalgancha to`g`ri va egri chiziq o`tkazish mumkin, berilgan ikki nuqta orqali faqat bitta to`g`ri chiziq va istalgancha egri chiziq o`tkazish mumkin degan xulosaga keladilar.
Kesma tushunchasi amaliy topshiriqlar bajarish natijasida o`zlashtiriladi. Agar to`g`ri chiziqqa ikkita nuqta qo`yilsa, to`g`ri chiziqning chyegarasining shu ikki nuqtalardan iborat qismi kesma deyiladi. Kesmalning chegaralarini chiziqchalar bilan ham belgilash mumkin.
O`quvchilar to`g`ri chiziq tasviri, kesma tasviridan qanday farq qilishini bilishlari muhim: kesmaning oxirlari nuqta yoki chiziqchalar bilan belgilanadi.
Ko`pburchaklar bilan bolalar maktabgacha davrlaridanoq uchrashishganlar. O`qituvchining vazifasi o`quvchilarning geometrik shakllar haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularni ajrata olish, chizish, ba'zi xossalarini tanishtirishdan iborat. Turli modellardan foydalanib uchburchak bilan tanishtiriladi. Uchburchakning asosiy elementlari uchi, tomoni, burchagini ajratishni o`rgatish muhimdir.
To`rtburchak, beshburchak va oltiburchak bilan tanishtirishda ham shunga o`xshash ish olib boriladi. Geometrik figuralarni o`rganishda o`quvchilar dastur talablariga muvofiq quyidagilarni bilishlari kerak.
- shakllar haqidagi tasavvurga ega bo`lish, shakllarning nomlari va belgilash.
- figuralarni bir – biridan farqini bilish, figuralarni qismlarga ajratish va birlashtirish orqali yangi figuralar hosil qilish malakasiga ega bo`lish.
- figuralarni taqqoslash.
Dasturning bu talablarini bajarish o`quvchilarda geometrik tasavvurlar ko’lamini yaratish uchun zarurdir, keyinchalik shu tasavvurlar asosida geometrik bilimlar rivojlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: |