1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmetstrreplA



Yüklə 487,15 Kb.
səhifə81/92
tarix07.01.2024
ölçüsü487,15 Kb.
#209417
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92
1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org

Kasrlarni o`rganish metodikasi.
Kasrlarni hosil bo`lishi bilan o`quvchilarni tanishtirish III sinfdan boshlanadi. Bunda ko`rgazmalilik masalasi va ko`rsatma – qo`llanmalar masalasi juda muhimdir. Kasrlar hosil bo`lishining qaralishi munosabati bilan har xil ryeal predmetlarni teng qismlarga bo`lish, geometrik figuralar modellarini teng qismlarga bo`lishga doir amaliy mashqlar bajarilishi kerak. Har xil figuralarni teng qismlarga bo`li shva shunday qismlardan bittasini, ikkitasini va bundan ortiqlarini o`z ichiga oladigan figuralarning qarashli zarur tyerminologiyani (kasrning surati, kasrning maxraji) va kasr sonlarni belgilash simvolikasini kiritish imkonini beradi. Masalan, 110-rasmda maxraj 10 ga teng bo`lgan kasrlar har xil geometrik modellar yordamida ko`rsatilgan. Kasrlarni yozishni bajarayotib o`qituvchi o`quvchilar diqqatini ushbularga jalb qiladi: chiziq ostiga yozilgan son – kasrning maxraji-shakl nechta teng qismga bo`lganini ko`rsatadi, chiziq ustiga yozilgan son-kasrning surati-teng qismlardan qanchasi olinganini ko`rsatadi.

Shunga o`xshash, imkoni boricha har xil figuralardan foydalanib, o`quvchilarni boshqa maxrajli kasrlar bilan tanishtiriladi. (Boshlang`ich sinflarda maxrajlari 10 dan katta bo`lmagan kasrlar qaraladi).


Bolalarni kasrlar bilan tanishtirishning bu bosqichida kasrlarni maydaroq ulushlarga maydalash operatsiyasini ko`rish va bunga teskari operatsiyani ko`rish imkonini beradigan yagona usul geometrik intyerpritatsiyadir. Kasrni maydaroq ulushlarga maydalashni illyustratsiyalashda doiralardan, kesmalardan foydalanish kerak (masalan, daftar kataklaridan foydalanish qulaydir). Masalan = ekanini ko`rsatamiz. Bir – birining ositiga bo`yi 8 katakka teng bo`lgan ikkita to`g`ri to`rtburchak chizamiz, bu to`rtburchaklarning har biri birlikni tasvirlaydi (111-rasm). Bu holda har qaysi katak ulushni tasvirlaydi. Ikkita katak ni yoki ni tashki qiladi. = ekanini bolalar chizmaga qarab bilishadi. Usti to`g`ri to`rtburchakda sakkizdan, oltini pastki to`rt to`rtburchakda esa to`rtdan uchni shtrixlaymiz. Taqqoslash yo`li bilan mos (shtrixlangan) to`g`ri to`rtburchaklar o`zaro teng ekaniga, demak, = yoki = ekaniga ishonch hosil qilamiz.

110- rasm.


111-rasm.

Kasrlarni taqqoslashga doir bundan keyingi ishlarda ham rasmlardan foydalanish zarur. Unda afzallikni kesmalarga berish kerak. Chunonchi va kasrlarni taqqoslashda bunday rasmdan foydalanamiz (112-rasm).
Sonning ulushi (kasrini) topishga doir masalalarni yechishda kasrning konkreti mazmuni ochiladi va mustahkamlanadi. Bunday masalalarni yechishga sonning bir ulushini topishga doir masalalarni yechish malakasi asos bo`ladi (bu malakani tarkib toptirish ikkinchi sinfda boshlangan edi).
Sonning kasrini topishga doir masalalarni yechish mos Ko`rsatmalilikka asoslangan bo`lishi kerak. O`quvchilarni sonning kasrini topishiga doir masalalarni yechish bilan tanishtirishni amaliy xarakterdagi masalani qarashdan boshlash maqsadga muvofiqdir: «Uzunligi 10 sm bo`lgan kesma chizing. Shu kesmaning qismi necha Santimetrga teng?».
O`quvchilar uzunligi 10 sm bo`lgan kesmani chizishadi va oldin bu kesmaning qismi necha Santimetrga teng ekanini topishadi: 10:5=2 (sm). So`ngra kesmaning qismi necha Santimetrga teng ekanini topishadi: 2x3=6 (sm). Shu yerning o`zida yechimning ifoda ko`rinishida yozilishini ko`rsatish maqsadga muvofiq: 10:5x3=6 (sm).
Shunlan keyin darslikda berilgan boshqa masalalarni yechishga kirishish mumkin: «Daftar 24 betlik. Lola daftar betlari sonining qismini to`ldirdi. Necha bet yozilmay qolgan?».
Masala shartini qisqa bunday yozish mumkin.
Bor edi – 24 bet.
Yozildi – betlar sonining qismi.
Qoldi-?
Shu bilan birga, bu masala shartini (sonning kasrini to pishga doir boshqa masalalar shartlarini ham) grafik tasvirlash maqsadga muvofiqdir. Shu maqsada biror kesma uzunligi bilan daftar betlari sonini tasvirlaymiz va uning ostiga u 24 betni tasvirlanishini yozib qo`yamiz. Bu qiz daftar betlarining qismini to`ldirgani uchun kesmani 8 ta teng qismga (chamalab) bo`lamiz va 5 qismini ajratamiz. Bu qismning ustiga «betlar sonining qismi» deb yozib qo`yamiz. Kesmalning qolgan qisimi ustiga «?» ni qo`yamiz, chunki u izlanayotgan qismni tasvirlaydi (113-rasm).
Yyechishni amallar bo`yicha yozish ushbu ko`rinishda bo`ladi.

  1. 24:8=3 (bet), 2) 3x5=15 (bet), 3) 24-15=9 (bet).


Yechimni ifoda ko`rinishidagi yozish ham mumkin.


24-24:8x5=24-15=9 (bet).
Shuni ta'kidlash kerakki, III sinf darsligida berilgan sonning kasrini topishga doir bir qator masalalarni yechishda katta, murakkab ifodalab hosil bo`ladi. Bunday masalalarning yechimlarini amallarni bajarish yordamida ifodalash kerak.
Shunday masalalardan 1 tasini misol uchun qaraymiz: «O`ramda 240 metr sim bor edi. Shu simning qismi ishlatildi. Qolganidan necha metr ortiq sim ishlatilgan?». (114 –rasm).
Yyechimini ifoda ko`rinishidagi yozilishi juda katta bo`ladi.
  1. 240:8x5-(240-240:8x5)


  2. Shu sababli yechimini amallarni bajarish bo`yicha izoxlab yoki izox bermay taxt qilish maqsadga muvofiqdir.


  3. 240:8x5=150 (m)


  4. 240-150=90 (m)


5) 150-90=60 (m)



Yüklə 487,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin