Bir necha shunday usullar bilan tanishaylik: 1) Butun sinfga topshirilgan ijobiy ishda har bir o`quvchining maksimal bilimini hisobga olish.
2) Maxsus didaktik materiallardan foydalanish.
3) Muammoli vaziyat yaratish, tyestlardan foydalanish.
4) Har xil Ko`rsatmali va ekran vositalarini qo`llash.
5) Darsda musobaqa shaklidan foydalanish.
Darsda alohida va umumiy ishni birgalikda mohirona olib borish diffyeryentsiallashgan o`qitishni amalga oshirishda muhim hisoblanadi. O`qituvchining mahorati darsda o`quvchilar uning tushuntirishlarini qanday qabul qilishlariga, o`quvchilar qanday ishlashlariga, savollarga javob berishda va olishga qar ab baholanadi.
Hozirgi zamon o`qituvchisi o`zida yuqori profyessional pedagogik madaniyatni, demokratik kelajkni ko`ra bilish sifatlarini mujassamlashtirish; o`zi o`qitadigan fanning so`nggi yutuqlarini, pedagogik va metodik nazariyani yaxshi bilish; psixologiya ma'lumotlariga asoslanishi; o`quvchilarning aqliy va axloqiy rivojlanishi usullarini izlashi kerak.
Dars samaradorligi o`quv materialining mazmuni bilan uni o`qitish metodlari bilan o`quvchilarning faoliyatlari orasidagi bog`lanishlarning darajasiga bog`liq, shuningdek, dars alohida qismlarning o`zaro bog`liqligini qanday amalga oshirilishiga, o`quvchilarning nazariy va metodik tayyorgarligiga bog`liq.
Matematika darslari asosiy xillari: 1. Murakkab dars.
2. Yangi materialni o`rganish darsi.
3. Bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash darsi.
4. Takrorlash – umumlashtirish darslari.
5. Bilim, malaka va ko`nikmalarni nazorat qilish darsi.
6. Muammoli dars.
7. Andozasiz dars.
1. Murakkab darslar - boshlang`ich sinflarda eng ko`p o`tiladi.
Tuzilishi: 1. Uy vazifasini tekshirish.
2. Maxsus og`zaki mashqlar.
3. O`quvchilar oldiga dars maqsadini qo`yish.
4. Yangi materialni idrok qilishga tayyorlash.
5. Yangi materialni o`rganish.
6. Yangi materialni mustahkamlash.
7. O`tilganlarni takrorlash.
8. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.
2. Yangi materialni o`rganish darslari - murakkab va yangi materialni o`rganish darslari tuzilishi jihatidan o`xshash. Ammo, yangi materialni o`rganish darslarida asosiy vaqt yangi mavzuga beriladi. M: 20-25 minut. (Mur- 10-15 m).
3. Bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni mustahkamlash - bunday darsning maqsadi olingan bilimlarni mustahkamlashga yo`naltirilgan bo`ladi va unda mashqlar, amaliy va mustaqil ishlar asosiy vosita hisoblanadi.