1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmetstrreplA


BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKADAN UY ISHLARI VA O’QUVCHILAR BILIMINI REYTING BAHOLASH VA BAHO NORMALALRI



Yüklə 487,15 Kb.
səhifə21/92
tarix07.01.2024
ölçüsü487,15 Kb.
#209417
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92
1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org

5 BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKADAN UY ISHLARI VA O’QUVCHILAR BILIMINI REYTING BAHOLASH VA BAHO NORMALALRI
Reja:
1. Boshlang’ich sinflarda matematikadan uy ishlari
2. O’quvchilar bilimini reyting baholash va baho normalalri


1. Boshlang’ich sinflarda matematikadan uy ishlari
Uy ishlari bu o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil, individual ishlarini tashkil qilish formalaridan bittasi.
Uy ishining bajarilishida u yoki bu material takrorlanibgina qolmay, balki muhim malaka va ko’nikmalar shakllanadi, bu esa o’quvchilar mustaqil faoliyatining eng muhim qismidir. To’g’ri tashkil qilingan va mustaqil bajariladigan uy ishi­ning borishida va natijasida shaxsning afzalligi va mehnnatsevarligi, uyushqoqligi, intizomliligi, batartibligi, topshirilgan ish uchun mas’uliyatni xis etishi shakllanadi va rivojlanadi, o’z faoliyatini planlashtirish malakasi, o’z-o’zini kontrol qilish ko’nikmalari mukammallashadi.
Uy ishlarini tashkil qilish ushbu talablarga javob bermog’i kerak:
  1. Uyga beriladigan vazifalar o’quvchilarning kuchlari va bilimlariga mos kelishi kerak. Shu sababli birinchi sinf o’quvchilarida mustaqil ish ko’nikmalarini hosil qilish ma’lum vaqt talab qilinishini hisobga olib o’quv yilining bi­rinchi yarmi davomida uyga vazifa berilmaydi. Ikkinchi yarim yildan boshlab uyga beriladigan vazifalar sinfda bajarilganlaridan soddaroq, va o’quvchilar uddalay oladigan bo`lishi kerak. Uyga qiyinroq vazifalar berilishi o’quvchilarga og’irlik qiladi, natijada ular bu vazifalarni boshqalarning yordamisiz bajara olmaydilar.


  2. Uy vazifalarini sistemali ravishda berish kerak. Haftaning oxirgi kunlari va bayram oldi kunlari bundan mustasnodir.


Uy vazifalarining hajmi hamma predmetlar bo`yicha ularni bajarishga ajratilgan ma’lum vaqt normasidan oshmasligi kerak: I sinfda hamma vazifani bajarishga 1 soatgacha; II sinfda 1,5 soatgacha; III sinfda 2 soatgacha ajratiladi.: Matematika uchun bu vaqt 20 minutgacha bo`lishi mumkin.


  1. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga uy vazifasini qanday bajarishga doir instruktiv ko’rsatmalar berish zarur. Eng oldin o’quvchi uchun uy vazifasining maqsadi aniq, bo’lishi kerak. O’qituvchi o’quvchilarga uyda nima qilish kerakliginigina ko’rsatib qolmay, balki nimaga alohida e’tibor berish kerakligi, uchragan qiyinchiliklarni qanday bartaraf qilish, misol va masalalarning yozilishi qanday bo’lishini, bajarilgan va­zifani o’quvchining o’zi qanday tekshirishi mumkinligiga oid ko’rsatmalar ham berishi kerak.


  2. Har qanday uy ishi o’qituvchi tomonidan tekshirilgan bo’­lishi kerak (uy vazifalarini tekshirish formalari haqida yuqorida gapirilgan edi),


  3. Uy vazifasini tashkil qilishga nisbatan muhim talab uning ko’rinishi va mazmuni turli-tuman bo`lishidir. Uy vazifasi faqat, misollar va masalalar yechishnigina emas, bal­ki topshiriqlarning boshqacha turlarini ham o`z ichiga olishi kerak. Bu turlar ushbulardan iborat: ifodalarni taqqoslash, tenglamalar yechish, geometrik xarakterdagi topshiriqlar va hokazolar. Uy vazifasiga ijodiy xarakter berish va o’quvchilarda unga qiziqish uyg’otish uchun uyga beriladigan topshi­riqlarning mazmuniga muammo xarakteridagi topshiriqlarni, masalalarni har xil usullar bilan yechishni, masalalar tuzish va ularni almashtirishlarni va hokazolarni kiritish kerak. Ravshanki, yuqorida aytib o’tilgan topshiriqlarni uy vazifasiga kiritish uchun sinfda tegishlicha tayyorgarlik ko’rishi kerak. Shu bilan birga beriladigan topshiriqlar asosan ushbu funksiyalarni bajarishlari lozim: bilimlarni va amaliy malakalarni mustahkamlash imkonini berishi kerak; olingan bilimlarni umumlashtirish va ijodiy qo’llanishga yordam berishi kerak; navbatdagi darslarda yangi materialni o’zlashtirishga o’quvchilarni tayyorlashi kerak. Uy vazifasida beriladigan topshiriqlar dars materiali bilan qanday munosabatda bo`lishi kerak. «Bu masala, deb yozishadi M. I. Moro bilan A. M. Pishkalo, — har bir konkret holda har xil hal qilinishi kerak: masalan, darsda yangi, ammo nisbatan oson hisoblash usuli qaralgan va shu bilan birga o’qituvchi kiritilgan usulni mustahkamlashga ham ulgurgan bo’lsin. O’qituvchi bolalar yangi materialni tushunganliklariga va shunga o’xshash mashqlarni mustaqil bajara olishlariga ishonch hosil qiladi, deylik. Bu xolda uy vazifasiga darsning o’zida qarab chiqilgan mashqlar o’xshash mashqlarni kiritish maqsadga muvofiq, bo’ladi. O’quvchilarning uy ishlari darsda bajarilgan ishning tabiiy logik davomi bo`ladi va unda olingan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Agar darsda o’zlashtirilishi uchun o’qituchi rahbarligida uzoq, vaqt ishlashni talab qiladigan qandaydir yangi, bolalarning tushunib olishlari uchun qiyinlik qiladigan tushuncha, qoida, masala birinchi marta kiritilayotgan bo’lsa, unda ish boshqacha bo’ladi. Bu holda o’qituvchi bolalarning uy ishlariga yangi materialni kiritib xatoga yo’l qo’yishi mumkin... Uy ishi uchun mashq tanlashda ilgari o’tilgan materiallardan qaysilari keyingi darsda yoki undan keyin o’tiladigan darslarda kerak bo’lishini, hozir qaralayotgan masalalarni yaxshi tushunishga asos bo’ladiganini o’ylab ko’rish kerak. Shu munosabat bilan tematik plan tuzayotganda bolalarning uy ishlarini planlashtirish haqida gapirish mumkin»1.


  1. Hamma o’quvchi, o’z imkoniyatiga qarab har doim topshiriq olishi uchun uy ishlarini individuallashtirishni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.


Topshiriqning hajmi, maqsadi, bajarilish usulini individuallashtirish mumkin. Masalan, butun sinfga bitta masalaning o’zini berish, ammo o’quvchilarining bir gruppasiga (kuchliroq o’quvchilarga) masalani yechishdan tashqari masala savolini, u ikki amal bilan emas, balki uch amal bilan yechadigan qilib almashtirish vazifasini ham taklif qilish mumkin. Yoki hamma o’quvchiga uyda kvadratni 4 ta teng bir xil uchburchakka bo`lishni, bir gruppaga (bo’sh o’quvchilarga) bu qismlardan qandaydir yangi bitta figura tuzishni, boshqa bir gruppaga (o’rtacha o’zlashtiruvchi o’quvchilarga) ikkita yangi fi­gura tuzishni, uchinchi gruppaga (kuchli o’quvchilarga) ko’p sonda yangi figuralar tuzishni taklif qilish mumkin.


O’quvchilar uy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarining muhim sharti ota-onalarga o’quvchilarga o’z kuchlari yetganicha va maqsadga muvofiq yordam berishlari haqidagi konsultasiyalardir.

Yüklə 487,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin