1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmetstrreplA


Masalalar ustida ishlash me todikasining umumiy vazifalari



Yüklə 487,15 Kb.
səhifə67/92
tarix07.01.2024
ölçüsü487,15 Kb.
#209417
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92
1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org

Masalalar ustida ishlash me todikasining umumiy vazifalari.
Masalalar yechish matematika o`qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o`zlashtirishni tasavvur ham qilib bo`lmaydi. Matematikada masalalar yechish nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutlaqo tabiiy yo`lidir.

Natural sonlar arifmetikasi va nolni o`rganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar tizimi asosida tuziladi. Demak, har bir yangi tushunchani tarkib toptirish uchun uni hayotga bog`lab masalani yechish kerak bo`ladi. Masalalar sodda va murakkab kabi turlarga bo`linadi.


Yyechilishi uchun bitta amal bajarish talab qilinadigan masalalar sodda, bir necha o`zaro bog`liq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masala deyiladi.
Arifmetik amallarning mazmunini, amallar orasidagi bog`lanishlarni, amal komponentalari va natijalari orasidagi bog`lanishlar bilan tanishishda mos sodda masalalardan foydalaniladi. Ulardan ulushlar, algebra elementlari va geometrik tushunchalarni o`rganishda ham foydalaniladi. Sodda masalalar o`quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur bilimlar, ko`nikma va malakalarni tarkib toptirish uchu nasos bo`lib xizmat qiladi. Murakkab masalalar ham, bilimlarni o`zlashtirish, mustahkamlash va mukammaltirishga xizmat qiladi.
Masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo`lib, u o`z ichiga «yashirin informatsiya» ni oladi. Bu informatsiyani qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarni, taqqoslash, umumlashtirishlarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o`rgatish matematika o`qitishning muhim maqsadlaridan biridir.
Masalalar yechish orqali o`quvchilarning predmetga bo`lgan qiziqishlari rivojlanadi, mustaqilik, erkinlik, maqsadga intilish, mehnatsyevarlik tarbiyalanadi, ular o`z shahri, qishlog`ining hayoti. Ishlab chiqarish, kishilar mehnati bilan tanishadilar.
Masalalar yechish orqali o`quvchilarda bir necha malakalar tarkib topadi:
1. Masalani tenglashni o`rganish va uni mustaqil o`qiy olish.
2. Masalani dastlabki analiz qilish (ma'lumdan noma'lumni ajrata olish).
3. Masalani qisqa yozish malakasi.
Masalani teksti ustida og`zaki ishlangandan keyin uning mazmunini matematik tyerminlar tiliga o`tkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini belgilash kerak (rasm, chizma, sxyema, jadval).
Masala sharti murakkab bo`lgan holda, munosabatlarni tushunib olish qiyin bo`lgan holda, munosabatlarni tushunib olish qiyin bo`lgan holda, yangi xil masala yechishda qisqa yozishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Qisqa yozuvning asosiy vazifasi masala shartini tahlilini amalga oshirishdir. Haqiqatdan ham masala shartining qisqa yozuvi o`quvchilarxotirasiga tayanch bo`lib, son ma'lumotlarni tushunish va ajratish, masalada nima berilgan va nima izlash kerakligini ayoniy tushuntirish imkonini beradi.
Misol: Gulbahor 3 ta tugma qadadi, onasi esa undan 2 ta ortiq tugma qadadi, onasi nechta tugma qadadi.
4. Sodda masalalarni yechishda amali tanlashni asoslab berish, murakkab masala tahlilini amalga oshirish, yechish planini tuzish. Murakkab masalani yechishda masalani tahlil qilish malakasi asosiy ahamiyatga ega. Boshlang`ich sinflarda sintyetik va analitik tahlil qaraladi.
Syentyetik tahlil- ikkita son ma'lumotni birlashtirish natijasida aniqlanadi, shundan keyin yangi topilgan ma'lumot bilan boshqa ma'lumot birlashmasiga o`tiladi va masala savoliga javob topilguncha shu ish davom ettiriladi.
Analitik tahlil-shunday zanjirni, bunday zanjir boshida masala savoli turadi. Keyin zarur ma'lumotlar tanlanadi, bu ma'lumotlarni boshqa ma'lumotlardan foydalanib topiladi. Tahlil analitik-sintyetik usul orqali amalga oshiriladi, chunki masala yechilishi hamma vaqt berilganlardan izlanayotganga va aksincha bo`lishi mumkin.
Masala tahlil qilingandan keyin yechish rejasi tuziladi.
Masala: Artyelda ko`ylaklar va ko`ylaklar qancha bo`lsa, shuncha kostyum tikiladi. Har bir ko`ylakka 3m, kostyumga 4 m gazmol sarf bo`ladi. Agar hamma ko`ylaklar uchun 24 m gazmol sarf bo`lgan bo`lsa, hamma kostyumlar uchun qancha gazmol sarf bo`lgan?

Nomi

1 ta kiyim u-n sarf normasi

Kiyimlar soni


Umumiy gazmol sarfi


Ko`ylak
Kostyum


3 m
4 m


Bir xil

24 m
?

Tahlil:…… Yyechish: 4x(24:3)=4x8=32 (m).





Yüklə 487,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin