1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org
5. Yechimni bajarish, rasmiylashtirish va masala savoliga javob berish malakasi. Sodda masalani arifmetik usulda yechishda ifoda tuziladi va uning qiymati topiladi. M: O`quvchi 1-kuni kitobni 9 betini, 2-kuni esa 1- kundagidan 2 marta ortiq o`qidi. O`quvchi 2-kuni necha bet kitob o`qigan? Yyechish: 9x2=18 (bet). J: O`quvchi 2-kuni 18 bet kitob o`qigan.
Murakkab masalaning arifmetik usulda yechilishini har xil usulda bajarish mumkin. M: 4 ta daftar 20 so`m turadi. Xuddi shunday 6 ta daftar qancha turadi.
Bahosi
Miqdori
Jami puli
Bir xil
4 ta
6 ta
20 so’m
?
1- usul (ifoda tuzish)
Yyechilishi: a) Izohlar bilan: 20:4(so`m)- daftar bahosi
(20:4)x6 (so’m) – 6 ta daftar puli
(20:4)x6=30 (so’m)
b) izohsiz: (20:4)x6=30 (so’m)
Javob: 6 ta daftar 30 so`m turadi.
2-usul (alohida amallar bilan)
a) izoh: 1) 20:4=5 (so`m) - daftar bahosi.
2) 6x5=30(so`m) - 6 ta daftar puli.
b) izohsiz: 20:4=5 6x5=30
v) savol shaklida: 1 ta daftar qancha? 20:4=5 (so`m)
6 ta ……..? 6x5=30 (so`m).
Boshlang`ich sinflarda masalani rasmiylashtirishni qisqaroq yozuvga berish maqsadga muofiq keladi. Agar ifoda nihayatda kata bo`ladigan bo`lsa, yechimni alohida amallar bilan bajarish kerak.
M: Ruchka, kitob, taroq birgalikda 1000 so`m turadi. Kitob 500 so`m, ruchka undan 220 so`m arzon turadi. Taroq qancha turadi?
M.q.sh. K-500so`m
R - ? 220 so`m arzon 1000 so’m
T-?
Ifoda tuzilsa, 1000-(500+(500-220)) bo’ladi.
Ammo boshlang`ich sinf katta qavs yo`qligi sababli bu masalani alohida amallar bilan yechish kerak.