1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmetstrreplA


Matematikadan sinfdan tashqari ishlar



Yüklə 487,15 Kb.
səhifə24/92
tarix07.01.2024
ölçüsü487,15 Kb.
#209417
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org

6 Matematikadan sinfdan tashqari ishlar.
Matematikadan sinfdan tashqari ish deyilganda o`quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog`liq bo`lgan material asosida ixtiyoriylik printsipiga asoslangan mashg`ulotlar tushuniladi.

Sinfdan tashqari ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.


- o`quvchilarning bilimlari va amaliy ko`nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirish;
- o`quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish;
- matematika qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish;
- talabchanlik, irodani, mehnatga munosabatni, mustaqillikni, uyushqoqlikni tarbiyalash;
Sinfdan tashqari ish o`ziga xo sbir qator xususiyatlarga ega.
1. O`z mazmuniga ko`ra, u davlat dasturi bilan chyeklanmagan. Ammo, matematik material o`quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak.
2. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning matematikaga turg`un qiziqishlari bo`lmaydi. Darsdan tashqari mashg`ulotlar oldin matematikaga qiziqishlari bo`lmagan o`quvchilarda ham, unga nisbatan qiziqish uyg`otishga imkon beradi. Shu sababli, mashg`ulotlarni hamma o`quvchilar bilan bir vaqtda o`tkazilgani ma'qul.
3. Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik printsipi asosida quriladi. Bunda o`quvchilarga baho qo`yilmaydi, ammo mulohazalarni asoslab berish, topqirilik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning ratsional usullaridan foydalanish albatta rag`barlantirilishi kerak.
4. Mashg`ulotlar mazmuni va o`tkazilish shakllariga qarab 10-12 minut yoki 1 soatga ham mo`ljallangan bo`lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlarining ko`p xilligiga qarab, mazmunining turli – tumanligi bilan xaraktyerlanadi. M… Mashg`ulotlarda tekstli masalalar, hazil masalalar, matematika voqyealar, ryebuslar, fokus, boshqotirgichga keng o`rin beriladi.
Endi sinfdan tashqari ish turlari bilan tanishib chiqaylik.
1. Matematik o`n minutliklar, soatlar.
2. Matematika to`garaklari.
3. Matematik konkurs va olimpiadalar.
4. Qiziqarli matematika kechalari va viktorinalar.
5. Matematik matbuot.
6. Matematik ekskursiya.
1. Matematik o`n minutliklar va soa tlar.
Odatda, bu mashg`ulotlar haftasiga bir marta butun sinf bilan o`tkaziladi. Uni dam olish vaqtlarida, tabiatga, maktab hovlisiga chiqib o`tkazish mumkin.
Uning mazmuni o`quvchilarda matematikaga qiziqish uyg`otish va topshiriqlar darslardagi matematik topshiriqlardan farq qilishi kerak; Topshiriqlar o`quvchilarga tushunarli bo`lishi, javoblarning tez topilishi va og`zaki bajarishni hisobga olinishi kerak. Misol
Qiziqarli matematika soat - darsdan keyin sinfning hamma o`quvchilari bilan o`tkaziladi. U oyida 1-2 marta o`tkazilishi mumkin, mashg`ulotlar I sinfda 20-25 minut, II sinfda 25-30 minut, III-IV sinfda 30-40 minut davom etishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Mashg`ulotlarni o`tkazish uchun qiziqarli masalalar, qiyinroq masalalar, ryebus boshqotirgichlar, topishmoqlar va boshqalar material bo`lib xizmat qilishi mumkin.
M: 1) Yo`limni yoritar ikkita chiroqcha,
chiroqcha ustida pilik qalamcha
Bular nima? (Ko`z, qosh).
2) Og`zida 4 ta tishi boru,
yyegani pichan. Bu nima? (panshaxa).



Yüklə 487,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin