4.Shamol elektr stansiyasi (SHES) SHamol elektr stansiyasi (SHES) - shamol oqimining kinetik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi kurilma. SHamol dvigateli, elektr toki generatori, generator va dvigatelning ishini boshkaruvchi avtomatik qurilma, xamda ular o‘rnatiladigan inshootlardan iborat. SHES dan, ko‘pincha, shamol oqimining o‘rtacha yillik tezligi yuqori (5 m/sek dan katta) bo‘lgan va markazlashtirilgan elektr ta’minot tarmoqlaridan uzoqda joylashgan hududlarda (masalan, O‘rta Osiyoda - dasht va cho‘llarda) elektr energiyasi manbai sifatida foydalaniladi. SHES da 8 kVt dan 1,2 mVt gacha quvvatli elektr energiyasi hosil qilish mumkin.Elektr toki ishlab chiqarishga mo‘ljallangan shamol elektr stansiyasi birinchi marta 1890 yili Daniyada bunyod etilgan.
1.1SHamol generatorlari. O‘tgan o‘n yillikda shamol energiyasidan foydalanishni ommalashishi natijasida uni ishlatish texnologiyasi xam takomillashdi. 2006 yil Amerikada shamol energiyasidan foydalanib, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi 11000 MVt ga etdi. Hozirgi kunda shamol elektr generatorlari butun dunyoda o‘rnatilmoqda. Ular yordamida ishlab chiqarilayotgan quvvati taxminan 74000 MVt ni tashkil etadi. SHamol generatorlari yordamida ishlab chiqarilgan kVsoatlar narxning qimmatlashishiga olib keladi. Bunga sabab shamolning hamma vaqt bir xilda bo‘lmasligidadir.SHamol energiyasidan olinadigan quvvatdan asosiy elektr energiya manbaalariga qo‘shimcha quvvat olish manbai sifatida foydalanish mumkin, chunki undan 24 soat ichida bir xilda elektr quvvatini olish imkoni yo‘q. Asosan shamol energiyasi deganda- shamol energiyasini elektr energiyasiga zamonaviy shamol generator parakklari yordamida aylantirish tushuniladi. SHamol elektr energiyasini olish xususiyati shundaki, qancha yuqori tezlik bilan generator parakklari aylansa, shuncha katta quvvat olinishidadir, ya’ni quvvatning qiymati shamol tezligiga bog‘liq. SHamol generatorlarining o‘rnatilishi shamol ko‘p va doimiy esadigan joylarni tanlash bilan birga ularning elektr uzatish liniyalari o‘tgan joylarga yaqin joylashtirish maqsadga muvofiqdir, chunki bu tarmoqqa qo‘shimcha quvvat berish imkonini beradi. SHamol energiyasidan foydalanish qo‘shimcha yoqilg‘i talab qilmaydigan energiya manbai hisoblanadi.