1. ies-issiqlik elektr stantsiya iesda elektr energiyani hosil qilish jarayoni



Yüklə 465,43 Kb.
səhifə4/16
tarix13.12.2022
ölçüsü465,43 Kb.
#74339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
energiya tejamkorligi (2)

5.Gidroenergetika zaxiralari.
Yerda gidroenergetika yiliga 32900 TVt*soat qiymat kattaligi bilan baholanadi. Biroq bu energiyaning 25% ni texnik va iqtisodiy talablarga binoan amaliyotda foydalansa bo‘ladi. Bu kattalik hozirgi zamon dunyo elektr stansiyalarida yil davomida ishlab chiqarilayotgan energiya miqdoridan taxminan ikki marotaba katta.
Bugungi kunda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan elektroenergiyaning 98,7% organik yoqilg‘ilardan foydalanadigan issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Umumiy ishlab chiqariladigan energiyaga nisbatan 1,3% elektr energiya GESlar yordamida ishlab chiqariladi.
6.Elektr dvigatellar va generatorlar
Elektr dvigatel — elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi mashina. Isteʼmol qiladigan tok turiga koʻra, oʻzgarmas tok va oʻzgaruvchan tok Elektr dvigatellariga boʻlinadi. Oʻzgarmas tok valning aylanishlar chastotasi (soni)ni ravon rostlab turish mumkin. Shuning uchun valning aylanishlar chastotasini teztez oʻzgartirib turish lozim boʻlgan hollarda shunday dvigatellar ishlatiladi. Oʻzgarmas tok uch xil sxemali: parallel uygʻonishli, ketmaket uygʻonishli va aradash uygonishli qilib ishlab chiqarildi (rasmga q.). Oʻzgaruvchan tok Elektr dvigatel jumlasiga asinxron elektr dvigatel, sinxron va kollektorli dvigatellar (qarang Kollektorli mashina) kiradi. Asinxron Elektr dvigatel eng koʻp ishlatiladi. Sinxron Elektr dvigatelda valning aylanishlar chastotasi isteʼmol qilinadigan tokning chastotasiga qatiy bogʻliq boʻladi. Bunday dvigatellar eng quvvatli elektr yuritmalarda ishlatiladi.Generator — tashqi energiya manbai hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki energiyani bir turdan ikkinchi turga oʻzgartiruvchi qurilma; apparat yoki mashina. Masalan, atsetilen generatori, muz generatori, bugʻ generatori, gaz generatori, elektr generatori va h. k. Xususan, elektr generatorlari oʻzgarmas tok, oʻzgaruvchan tok generatorlariga boʻlinadi. Generator tushunchasi oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr mashinalariga ham, elektr tebranishlarini hosil qiluvchi asboblarga ham bir xil qoʻllaniladi. Birinchi holda, mexanik energiya elektr energiyasiga aylantirilsa, ikkinchi holda manbaning elektr energiyasi maʼlum chastotali, kerakli shakl va quvvatli tebranishlar energiyasiga aylantiriladi. Sinxron generator (yun. synchrenos — bir vaqtli va generator) — generator rejimida ishlaydigan oʻzgaruvchan tok elektr mashinasi; sinxron mashina.
Odatda, sinxron mashina 3 fazali (generator, dvigatel, kompensator) boʻladi. Sanoat chastotali tok hosil kilish uchun rotorlari bugʻ turbinalari (turbogeneratorlar) yoki suv turbinalari (gidrogeneratorlar) bilan harakatlantiriladigan S. g.lar keng ishlatiladi.Asinxron generator — Generator rejimida ishlaydigan asinxron mashina; mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi. Asinxron generator xarakatlantiruvchi dvigatel yordamida magnit maydon yoʻnalishida katta tezlik bilan aylantiriladi.

Yüklə 465,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin