19.Lizing shartnomasining muhim shartlari deganda nimani tushunasiz? 587-modda. Lizing shartnomasi Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirig‘iga binoan sotuvchi uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini oladi.
2-modda. Lizing tushunchasi Lizing — moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak: lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluvchining mulki bo‘lib o‘tsa; lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat muddatining sakson foizidan ortiq bo‘lsa yoki lizing obyektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining yigirma foizidan kam bo‘lsa; lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda evazini to‘lab sotib olish huquqiga ega bo‘lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos bo‘ladi; lizing shartnomasi davri uchun lizing to‘lovlarining joriy diskontlangan (hisobga olingan) qiymati lizing obyektining lizingga topshirish paytidagi joriy qiymatining to‘qson foizidan ortiq bo‘lsa. Joriy diskontlangan (hisobga olingan) qiymat buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Lizing shartnomasi Lizing shartnomasi yozma shaklda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.
Lizing shartnomasi: shartnoma taraflaridan birining talabiga ko‘ra; mol-mulk lizing obyekti hisoblanib, u haqda tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim. Quyidagilar lizing shartnomasining muhim shartlari hisoblanadi: lizing obyektining tavsiflanishi (lizing obyektining miqdori, sifati, ro‘yxati, kontrakt qiymati va boshqa ko‘rsatkichlari) va shartnoma umumiy pul summasining ko‘rsatilishi; taraflarning lizing obyektini olish va berish bilan bog‘liq majburiyatlari; lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan lizing obyektini yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi; lizing to‘lovlarini to‘lash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi; lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va ta’mirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari;
shartnomaning amal qilish muddati.
sotuvchi va lizing obyektini tanlash uchun mas’ul tarafning ko‘rsatilishi.
Taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi shartlar kiritilishi mumkin:
lizing obyektini sotib olish tartibi va muddatlari; lizing shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish; lizing obyektini sug‘urta qilish; fors-major holatlar;
lizing beruvchi qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishi, bunday xizmatlarsiz lizing obyektidan foydalanib bo‘lmasa; lizing subyektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi. Lizing shartnomasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin