1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq nima? Ijara shartnomasi



Yüklə 168,3 Kb.
səhifə1/51
tarix08.05.2023
ölçüsü168,3 Kb.
#109392
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq


Savol matni

1.Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq nima?
Ijara shartnomasi, mulk ijarasi shartnomasi — fukarolikhuquqiy shartnoma. Unga koʻra, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga molmulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi. I. sh. bir yildan ortiq muddatga moʻljallangan boʻlsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs boʻlgan hollarda esa — muddatidan qatʼi nazar, yozma shaklda tuzilishi shart. Kuchmas mulk ijarasi shartnomasi davlat ruyxatidan oʻtkazilishi lozim. I. sh.da mulk huquqining kelgusida ijarachiga utishi nazarda tutilgan boʻlsa, u bunday mulkning oldi-sotdi shartnomasi uchun moʻljallab, unda belgilangan muddatga tuziladi. Mulk ijarasi muddati shartnomada belgilanmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda taraflardan har biri boshqa tarafni — bir oy oldin, koʻchmas mulk ijarasida esa — 3 oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi FK 535, 539—540-moddalar).[1]
386-modda. Oldi-sotdi shartnomasi
Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to‘lash majburiyatini oladi.
Agar qonunda qimmatli qog‘ozlar va valyuta qimmatliklarining oldi-sotdisiga doir maxsus qoidalar belgilangan bo‘lmasa, ularni olish-sotishga nisbatan ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda nazarda tutilgan hollarda ayrim turdagi tovarlarni olish-sotishning o‘ziga xos jihatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.
Ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar mulkiy huquqlarni sotishga nisbatan qo‘llanadi, agar ushbu huquqlar mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol kelib chiqmasa.
Ayrim turdagi oldi-sotdi (chakana oldi-sotdi, tovarlar yetkazib berish, energiya ta’minoti, korxonani sotish va boshqalar) shartnomalariga nisbatan, agar ushbu Kodeksning bu turdagi shartnomalarga doir qoidalarida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.




Yüklə 168,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin