1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]



Yüklə 38,5 Kb.
tarix29.12.2021
ölçüsü38,5 Kb.
#48580
3118 11.01.2019 kuzatuv kengashi


[OKOZ:1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim]

[TSZ:1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining

buyrug‘i


Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-yanvarda 3118-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonigamuvofiq buyuraman:

[OKOZ:1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom ilovagamuvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Vazir Sh. ShERMATOV

Toshkent sh.,

2018-yil 26-dekabr,

16-mh-son


O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 16-mh-son buyrug‘iga

ILOVA


Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi

NAMUNAVIY NIZOM


Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonigamuvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasasi kuzatuv kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, vakolatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga (bundan buyon matnda ta’lim muassasasi deb yuritiladi) tatbiq etiladi.

Mazkur Nizom nodavlat umumta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.

2. Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

3. Kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

ta’lim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan ta’lim muassasasi rahbarini saylash;

ta’lim muassasasining maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;

ta’lim muassasasida amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.

Oldingi tahrirga qarang.
4. Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek, ta’lim muassasasining Ustavi hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.

(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)

2-bob. Kengashning vazifalari

5. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan ta’lim muassasasi rahbarini saylash, shuningdek, belgilangan tartibda uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;

ta’lim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

ta’lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash;

ta’lim muassasasi rahbarining taqdimnomasi bo‘yicha yillik moliyaviy rejalarni, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish;

o‘quvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, ta’lim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati to‘g‘risida ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish;

ta’lim muassasasining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish.

3-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish va tarkibini shakllantirish

6. Ta’lim jarayonining shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik ta’sirini kuchaytirish, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir ta’lim muassasasida Kengash tashkil etiladi.

7. Kengash 7 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga o‘quvchilarning ota-onalari orasidan kamida 2 nafar, sobiq bitiruvchilar orasidan 2 nafar va nafaqadagi sobiq pedagoglar orasidan 1 nafar hamda homiylar orasidan 2 nafar a’zo kiritiladi.

Kengash a’zolarining soni cheklanmaydi.

8. Kengash a’zolari tegishli ta’lim muassasasi umumiy yig‘ilishida o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan ochiq ovoz berish orqali saylanadi.

Kengashning birinchi yig‘ilishida ishtirok etayotgan a’zolar umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ochiq ovoz berishi orqali Kengash raisi va kotibi saylanadi. Bunda, Kengash raisi va kotibi Kengash a’zolari tomonidan saylanadi.

9. Ta’lim muassasasi direktori yoki uning o‘rinbosarlari, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari Kengash a’zolari sifatida saylanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

10. Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har o‘quv yili boshida ko‘rib chiqilishi mumkin.

11. Kengash a’zosi etib saylangan ota-onalarning farzandlari boshqa ta’lim muassasasiga o‘tkazilganda yoki bitirib ketganda, Kengashning ushbu a’zosi Kengash a’zolari qatoridan chiqariladi va uning o‘rniga ota-onalar orasidan boshqa a’zo saylanadi.

Kengash a’zosi kengashning yig‘ilishlarida surunkali 3-marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda, u Kengash a’zolari tarkibidan chiqariladi.

4-bob. Kengash yig‘ilishlarini tashkil qilish va o‘tkazish

12. Kengashning birinchi yig‘ilishi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tegishli ta’lim muassasasida tashkil etiladi.

Bevosita O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yoki hududiy boshqarmalariga bo‘ysunadigan ta’lim muassasalarida Kengashning birinchi yig‘ilishi tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli ta’lim muassasasida tashkil etiladi.

13. Kengash har chorakda kamida bir marta yig‘iladi. Zarur hollarda navbatdan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin.

14. Kengash yig‘ilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

15. Kengash yig‘ilishida uning umumiy a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda Kengash qaror qabul qilishi mumkin.

16. Kengash o‘z faoliyatini daxlsizlik, oshkoralik, shaffoflilik, adolatlilik tamoyillariga muvofiq olib boradi.

17. Kengash qarorlari a’zolarning teng huquqliligi asosida ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Har bir Kengash a’zosi bitta ovoz huquqiga ega. Ovozlar teng bo‘lgan hollarda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

18. Kengash yig‘ilishlariga Kengash raisi raislik qiladi.

19. Kengash raisi o‘z vakolatini vaqtinchalik bajarish imkoniyati bo‘lmagan hollarda (xizmat safari, ta’til va kasallik davrida), uning vazifasini bajarish Kengash a’zolaridan biriga vaqtincha yuklatiladi.

20. Kengash yig‘ilishlari mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkillashtirilishi va o‘tkazilishi hamda hujjatlarning to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirilishi uchun Kengash raisi mas’ul hisoblanadi.

21. Kengash yig‘ilishi o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin yig‘ilish o‘tkaziladigan kun, vaqti, joyi va muhokama etiladigan masalalar haqida kengash a’zolari xabardor qilinishi lozim. Kengash a’zolarini xabardor qilish uchun Kengash raisi mas’ul hisoblanadi.

22. Ta’lim muassasasi rahbari Kengash ishini tashkil qilish (hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash uchun zarur bo‘lgan xona, ta’lim muassasasi faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar va kanselyariya jihozlari bilan ta’minlash) uchun mas’ul hisoblanadi.

23. Kengash yig‘ilishlari o‘tkazilganligi haqida bayonnomalar yig‘ilish o‘tkazilgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmay tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalariga taqdim etilishi lozim.

24. Kengash faoliyatiga tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi aralashmaydi va unga hisobdor emas.

25. Kengashning faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni har chorakda ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida yoki ta’lim muassasasining barcha ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyiga joylashtirish tavsiya etiladi.

5-bob. Kengashning huquq va vakolatlari

26. Kengash o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

ta’lim muassasasining tegishli davridagi faoliyati bo‘yicha ta’lim muassasasi direktoridan ma’lumotlarni so‘rash va olish;

ta’lim muassasasining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish;

homiylik va xayriya mablag‘larining kirim qilinishi hamda sarflanishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish;

ta’lim muassasasi pedagoglarining sha’ni, qadr-qimmati, obro‘sini himoya qilish bo‘yicha takliflar kiritish.

27. Kengash quyidagi vakolatlarga ega:

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ta’lim muassasasi direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning mehnat faoliyati, xulq-atvori, tajribasi, tashabbuskorligi hamda jamoadagi obro‘sini o‘rganadi va tavsiya etilgan nomzodlar orasidan eng munosib nomzodni ochiq ovoz berish yo‘li bilan direktor lavozimiga saylaydi;

Kengash a’zolari tomonidan nomzodga qarshi ovoz berilgan taqdirda, uni direktorlik lavozimiga tayinlashni rad etish haqida nomzodni tavsiya etgan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga ma’lum qiladi;

ta’lim muassasasi direktori va direktor o‘rinbosarlarining boshqaruv faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etilishi hamda o‘quvchilar, ularning ota-onalaridan noqonuniy pul yig‘imlari undirilmasligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi;

ta’lim muassasasining umumiy yig‘ilishlarida qatnashadi, o‘quvchilar va ota-onalarning manfaatlarini himoya qiladi;

ta’lim muassasasida ijtimoiy-ma’naviy muhitning buzilishi, ta’lim sifatining pasayib ketishi, tizimli muammolarning kelib chiqishi, pedagoglar bilan ma’muriyat o‘rtasida yoki ota-onalar bilan ma’muriyat o‘rtasida nizoli holatlar kelib chiqqan taqdirda, ta’lim muassasasi direktorini lavozimidan ozod etish bo‘yicha hududiy boshqarmalarga taklif kiritadi.

6-bob. Yakuniy qoidalar

28. Kengash a’zolariga mazkur Nizomda belgilanmagan vakolatlariga ega bo‘lishlariga, ta’lim muassasasi direktorining qonunda belgilangan vakolatlariga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

29. Kengash o‘z vakolati doirasiga kirmaydigan ishlarga aralashsa yoki o‘z vazifalarini to‘liq ta’minlay olmasa, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarqatilib yuboriladi. Bunda, Kengashning yangi tarkibi mazkur Nizomning 3-bobidanazarda tutilgan talablar asosida qayta shakllantiriladi.

30. Kengashning faoliyatiga ta’lim muassasasi rahbari, hududiy boshqarmalar, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlar aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

31. Ta’lim muassasasida o‘quvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan Kengash a’zolari, ta’lim muassasasi rahbari va boshqa xodimlari tomonidan pul mablag‘larini yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

(32-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)

33. Kengash raisi, kotibi va a’zolari jamoatchilik asosida amalga oshiradigan Kengashdagi faoliyati yuzasidan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

34. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
2018-yil 26-dekabr

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV


2018-yil 26-dekabr

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 10/19/3118/2468-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Yüklə 38,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin