Natijaga yo‘naltirilgan budjet tizimi tamoyilini ijtimoiy himoya sohasi budjetini shakllantirishda qo‘llash.
Davlat tomonidan taqdim etiladigan ijtimoiy yordam va xizmatlarga, davlat ijtimoiy himoyasiga yo‘naltirilgan jami mablag‘larni Davlat budjetida alohida xarajatlar bo‘limi sifatida aks ettirish choralarini ko‘rish.
Tegishlicha ijtimoiy himoyaning ayrim dasturlarida xarajatlarning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini belgilash hamda natijaga yo‘naltirilgan budjet tizimini yo‘lga qo‘yish.
2024-yildan boshlab
22.
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyada belgilangan vazifalarni 2024 — 2026-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.
Strategini 2024-yilgacha amalga oshirilgan ishlar va natijalari bo‘yicha baholash.
Amalga oshirilgan ishlar va mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan ke�ib chiqib, 2026-yilgacha bo‘lgan strategik maqsadlar va ko‘rsatkichlarni qayta ko‘rib chiqish.
Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasida belgilangan vazifalarni 2024 — 2026-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.
2023-yil oktyabr
17-strategik maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish
O‘zbek�ston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi bo‘yicha ma’lumot berib borish.
Mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan taqdim qilingan O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida jamlanma hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boriladi.
17-strategik maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish
Mablag‘ talab qilmaydi
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(Norqulov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov)
24.
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarning monitoringini yuritish.
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishilishi ustidan monitoring olib borish.
2022-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarini tegishli vazirlik va idoralarning veb-saytlarida e’lon qilib borish.
2024-yilga qadar
17-strategik maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish
Mablag‘ talab qilmaydi
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
(Inakov)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 06/22/175/0676-son)