6.XX asr 90- yilarida Rossiya Federatsiyasi.
Mustaqillik e’lon qilingandan so‘ng Rossiya Federatsiyasida islohotlar davri boshlandi. Islohotlar, yangi Rossiya hukumati tomonidan monetarizm va “shok terapiyasi” metodi asosida olib borildi. Ushbu jarayon, jadallik bilan davlat mulkini xususiylashtirishda va shu bilan birga narxlarni va rublni valyuta kursi davlat tomonidan boshqarilishidan; iqtisodiyotni rejali boshqarishdan va korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotni rejali taqsimotidan; xalq xo`jaligi tarmoqlariga va aholiga byudjet dotatsiyasidanvoz kechish siyosati amalga oshirildi.
Narxlarning erkinlashtirilishi uning betuxtov oshib borilishiga olib keldi. Iqtisodiyotning monopolistik harakteri va mahsulotlarning defitsiti aholini sotib olish ehtiyojini keskin pasayb ketishiga olib keldi. Minglab korxonalar ishni to‘xtatishga majbur bo‘ldilar, ularning ko‘pi esa umuman yopildi, ishsizlar soni ko‘payib bordi. Sanoat va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sezilarli darajada pasayib ketdi.
1998 yil qadar Rossiya iqtisodiyoti katta qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Faqat 1999 yil kelib mamlakat iqtisodiyotida mo`tadillashuv alomatlari ko‘rina boshladi.
Ushbu yillar davomida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy xayotida haqiqiy revolyutsion o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Rossiya, mamlakatda bir necha yuz yilliklar davomida hukm surib kelgan totalitar rejimdan voz kechib, demokratiya asosida rivojlanish yo‘liga o‘tdi. YAgona (kommunistik) partiya hukumronligi bekor qilinib ko‘p partiyaviylik tizim joriy etildi. Xalq ommasi demokratik huquq va erkinlikni qo‘lga kiritdi, ularning ko‘pi sovet hukumati tomonidan e’lon qilingan bo‘lsa ham amalda esa bajarilmay kelinganedi. Mamlakatda parlamentarizm rivojlana boshladi. Saylovlar alternativ asosda o‘tkazila boshlandi. Mamlakat fuqarolarining siyosiy va iqtisodiy faolligi oshib bordi. Bularning barchasi mamlakatning ijtimoiy-siyosiy holatiga hamda Rossiyaning boshqa davlatlar bilan olib borayotgan xalqaro munosabatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsata boshladi.
Ammo ushbu jarayon juda ham mashshaqatli – keskin kurash va qarama-qarshiliklardan iboat bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Demokratiya sari tanlangan yo‘lda mamlakat bir necha kiyinchiliklarni va inqirozli holatlarni boshidan kechirdi. 1991 yil 12 iyunda Rossiyaning birinchi prezidenti etib B.N.Elsin saylandi. Safsata sotmoqlika moyil bo‘lgan, qat’iatsiz va xomush M.S.Gorbachyevga nisbatan dadil va g‘ayratli ish olib borgan B.N.Elsin mamlakatda katta obro` qozondi. Uning obro`si 1991 yil avgust putchi kunlari yanada oshdi. Shu kunlarda B.N.Elsin aslda davlat to‘ntarishini amalga oshirgan holda, shaxsan o‘zi putchistlarga qarshi qaratilgan kurashni boshqardi.
1993 y esa islohotlarni olib borish masalasi bo‘yicha prezident va parlament o‘rtasida kelishmovchiliklar va qonli to‘qnashuvlar yuzaga keldi. Elsinga qarshi turganlar mag‘lubiyatga uchradi. Rossiyada prezidentlik boshqaruv davri boshlandi. 1993 va 1996 yillar Davlat dumasiga o‘tkazilgan saylovlarda prezidentni qo‘llab-quvatlovchi partiyalar g‘alaba qozondi.1996 yil prezident saylovida B.N.Elsin 53,6% saylovchilarning ovoziga ega bo‘lib ikinchi marotaba o‘z lavozimida qoldi. 1999 yil dekabrida B.N.Elsin sog‘lig‘i tufayli o‘z xohishiga ko‘ra Rossiya Federatsisi prezidenti lavozimidan ketishini va o‘rniga oxirgi bosh vazir V.V.Putinni qoldirayotganligini e’lon qildi.
Dostları ilə paylaş: |