22-VARIANT 1. Uchta fermer xo‘jaligidagi sog‘in sigirlar soni quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi:
Fermer xo‘jaliklari
Sigirlar soni
jami
shu jumladan sog‘in sgirlar
1
2
3
200
225
300
180
160
285
YUqoridagi ma’lumotlar asosida fermer ho‘jaliklari bo‘yicha sog‘in sigirlar salmog‘ining umumiy dispersiyasini aniqlang.
2. Tumanda kuzgi bug‘doy ekinining qishda nobud bo‘lishi quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi:
Bug‘doy navi
Ekin maydoni, ga
Bug‘doy ekinini qishda nobud bo‘lish salmog‘i, %
Maxalliy
Xorijiy
600
400
10
20
Kuzgi bug‘doy ekinining qishda nobud bo‘lish salmog‘ining umumiy dispersiyasini “dispersiyalar qo‘shish qoidasi” yordamida aniqlang.
23-VARIANT 1.Ip kalavaning mustahkamligini o‘rganish uchun 3%li tasodifiy takrorlanmaydigan tanlash usulida sinov o‘tkazilgan, uning natijalari quyidagicha:
Ipning mustahkamligi, gramm
190 gacha
190-210
210-230
230-250
250-270
Sinovlar soni
5
15
40
30
10
Hisoblang: 1) 0,997 ehtimol bilan ip kalavaning mustahkamligi uchun chegaraviy xato va ishonch intervalini;
2) 0,954 ehtimol bilan ipning mustahkamliligi 230g. va undan yuqori bo‘lgan ip kalavaning salmog‘ini ishonch intervalini.
2. Korxonada bitta detalni ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqtini o‘rganish maqsadida 10%li tasodifiy takrorlanmaydigan usulda tanlab kuzatish o‘tkazildi va natijalari quyidagicha ifodalanadi:
Bitta detalga sarflangan ish vaqti, min.
10 gacha
10-12
12-14
14-16
16 va undan yuqori
Detallar soni, dona
12
25
65
30
10
Hisoblang: 0,997 ehtimol bilan bosh to‘plamda bitta detalni ishlab chiqarish uchun o‘rtacha sarflangan ish vaqtining ishonch intervalini, hamda 14 minutdan ko‘p ish vaqti sarflangan detallar ulushining ishonch intervalini.
24-VARIANT 1.Xom ashyoni o‘z vaqtida etkazib bermasligi oqibatida ishchilarning bekor turishlarini aniqlash uchun 5% li tipik tanlash o‘tkazilgan va quyidagilar aniqlangan:
Sex
Tanlanma to‘plamga kirgan ishchilar soni
Xom-ashyoni o‘z vaqtida olmaslik oqibatida yuz bergan bekor turishlar salmog‘i, %
A
25
5,0
B
40
10,0
V
19
15,0
D
30
2,0
0,954 ehtimol bilan korxona bo‘yicha xom ashyoni o‘z vaqtida olmaslik oqibatida yuz bergan bekor turishlar salmog‘ining ishonch intervalini aniqlang.
2. Turli malakadagi ishchilarning detallarga ishlov berishida sarflagan vaqtini o‘rganish uchun 10%li tipik tanlash o‘tkazilgan va quyidagi natijalar olingan:
Malakasi bo‘yicha ishchilar guruhi
Tanlanma to‘plamga kirgan ishchilar soni
1 ta detalga ishlov berish uchun sarflangan vaqt, min.
1ta detalga ishlov berishda sarflangan vaqtning o‘rtacha kvadratik chetlanishi,
min.
1
50
15
6
2
120
20
9
3
70
27
7
4
60
32
11
0,997 ehtimol bilan korxona bo‘yicha o‘rtacha bitta detalga ishlov berishda sarflanadigan vaqt(min.)ning ishonch intervalini aniqlang.
25-VARIANT 1.Firma xodimlarining o‘rtacha oylik mehnat haqini o‘rganish maqsadida 20% li mexanik usulda tanlab kuzatish o‘tkazilgan va uning natijalari quyida keltirilgan:
Oylik mehnat haqi, ming so‘m
250 gacha
250-350
350-450
450-550
550-650
650-750
750 va undan yuqori
Xodimlar soni, kishi
16
32
80
30
18
14
10
Hisoblang: 0,997 ehtimol bilan o‘rtacha oylik mehnat haqining ishonch intervalini.
2. 10% li tasodifiy tanlama kuzatish natijalari bo‘yicha Xalq banki bo‘limidagi 1000 ta omonat qo‘yilmalari hisob varag‘idan 600 tasi ishchilarga tegishli ekanligi aniqlandi. Agar o‘rtacha omonat qo‘yilmalari qoldig‘ining chegaraviy xatosi (o‘rtachaga nisbatan foiz hisobida ) 2,4% ni, variatsiya koeffitsienti esa 40% ni tashkil etsa, 0,950 ehtimol bilan aniqlang:
1) o‘rtacha omonat qo‘yilmalari qoldig‘ining ishonch intervalini;
2) jami omonat qo‘yilmalari summasining ishonch intervalini.
26-VARIANT 1.Tasodifiy takrorlanadigan tanlama kuzatish natijalari bo‘yicha korxona ishchilarining o‘rtacha tarif malakasi uchun ishonch intervali 4 dan 5 gacha bo‘lishi aniqlangan. Agar tanlama to‘plamdagi ishchilar tarif malakasining o‘rtacha kvadratik chetlanishi 1 ga teng bo‘lsa, 0,954 ehtimol bilan aniqlang:
1)tanlama to‘plamdagi ishchilar tarif malakasining chegaraviy xatosini;
2) tanlama to‘plamdagi ishchilar tarif malakasining o‘rtacha xatosini.
2. Paxta tolasining o‘rtacha og‘irligini o‘rganish maqsadida 400 ta tola takrorlanadigan tanlash usulida tekshirilgan. Tanlama kuzatish natijalari bo‘yicha tola og‘irligining variatsiya koeffitsienti 30%ni tashkil etsa, 0,997 ehtimol bilan uning chegaraviy xatosini (o‘rtacha miqdorga nisbatan foiz hisobida) aniqlang.
27-VARIANT 1. 0,954 ehtimol bilan 36% li tasodifiy takrorlanmaydigan tanlab kuzatish o‘rtacha xatosi takrorlanadigan tanlab kuzatish o‘rtacha xatosiga nisbatan qancha foiz kam bo‘ladi?
2. Xaridorlarning jun gazlamaga bo‘lgan talabini o‘rganish maqsadida 5 foizli tasodifiy tanlab kuzatish o‘tkazildi. Viloyat bo‘yicha 600ta oila tanlab kuzatildi. Kuzatish natijasida jon boshiga to‘g‘ri keladigan xarid miqdori va oilalar soni to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar olindi:
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan yillik xarid, kv.metr.
2,0 gacha
2,0-3,0
3,0-4,0
4,0-5,0
5,0 va undan yuqori
Oilalar soni
80
100
180
150
90
Hisoblang: 1) 0,954 ehtimol bilan viloyat aholisi bo‘yicha jon boshiga to‘g‘ri keladigan jun gazlamasi xaridining chegaraviy xatosini;
2) 4,0 kv. metrdan ko‘proq jun gazlamasi xarid qiladigan oilalar hissasining ishonch intervalini.