Ilk bolalik davrida o`z – o`zini anglashning rivojlanishi va 3 yosh inqirozi .
Katta bog‘cha yoshidagi bolalar ulami o‘rab turgan kattalaming ichki olamiga baho berishga harakat qiladilar. 0 ‘rta va kichik bog‘cha yoshidagi bolalaidan farqli ravishda kattalaming ichki olamiga anchagina chuqur va differensiallashgan baho beradilar. Aniqlanishicha bolaning guruhda egallagan mavqei uning o‘ziga o‘zi beradigan bahosiga ta’sir etadi. Masalan, guruhdagi mavqei unchalik baland bo‘lmagan bolalarda o‘ziga juda yuqori baho berish, aksincha guruhdagi mavqei ancha yaxshi bo‘lgan bolalarda o‘zini past baholash tendentsiyasi kuzatiladi. Bog‘cha yoshining oxiriga kelib, bolaning atrofdagilarga beradigan bahosi ancha chuqur, to‘liq detallashgan va kengaytirilgan tus ola boshlaydi. Bu o‘zgarishlar shu bilan tushuntiriladiki, katta bog‘cha yoshidagi bolalarda odamlaming ichki olamiga qiziqish ortib boradi, ular baho berishda muhim bo‘lgan mezonlami o‘zlashtirib boradilar, tafakkur va nutqlari rivojlanib boradi. cBu hodisa bolaning keyingi yoshbosqichiga o‘tishida hamda uning maktabga psixologik tayyorligida muhim rol o ‘ynaydi. Bog‘cha yoshining oxiriga kelib bolaning o‘zgalaiga va o‘z-o‘ziga beradigan bahosidagi mustaqillik, tanqidiy ruh ancha o‘sadi. Bog‘cha yoshidagi bolaning motivatsion sohasi aktiv rivojlanib boradi. Kichik bog‘cha yoshidagi bolaning xulq— atvori ilk bolalik davrlarida unchalik farq qilmaydi. Bu davrda ham bolalar asosan situativ emotsiyalari va xohish—istaklari ta’sirida harakat qiladilar, biror harakatni bajara turib ular nima uchun shunday qilayotganliklarini to‘liq tushunmaydilar va tushuntira olmaydilar. Katta bog‘cha yoshidagi bolalaming xatti —harakatlari ancha aniq tarzda ro‘y beradi. Har xil motivlar bog‘cha yoshining turli bosqichlaridagi bolalami aynan bir harakatni amalga oshirishga undaydi. Masalan, 3 yoshli bola o‘yinchoqlarini yuvishidan maqsadi suv o‘ynash bo‘lsa, 6 yoshli bolaning maqsadi o‘yinchoqlami toza qilish, onasiga yordam berishdan iborat bo‘ladi. Bog‘cha yosh davrida motivatsion sohada aynan shu daviga xos motivlar paydo bo‘ladi. Bular orasida bolaning kattalar olamiga bo‘lgan qiziqishi ularga o‘xshashga harakat qilishi bilan bog‘liq motivlar ham mavjud. Maxsus tadqiqotlar (L.Z.Neverovich va b.)ning ko‘isatishicha, o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy bo‘lgan motivlar bog‘cha yoshidayoq ancha katta, hatto, shaxsiy manfaat va faoliyatning tashqi, protsessual tomonlariga qiziqish kabi motivlardan ham kattaroq undovchi kuchga ega bo‘lishi mumkin. Biroq tabiatan va mazmunan ijtimoiy bo‘Igan motivlar spontan ravishda tasodifiy, o’z-o’zidan yuzaga kelmay, balki kattalaming tarbiyalovchi ta’siri ostida shakllanadi. Demak, bog‘cha yosh davrida xulq-atvoming yangi motivlari paydo bo‘ladi. Bu motivlar muayyan o‘zaro munosabatlarga kirishib, bir-biriga bog‘langan holda motivlar ierarxiyasini hosU qiladi. Motivlar ierarxiyasi bog‘cha yosh davridagi bolaning motivatsion sohasidapaydo bo‘luvchi va uning rivojlanishida juda muhim o‘rin egallovchi tuzUma bo‘lib hisoblanadi. Motivlar ierarxiyasidagi motivlaming bir- biriga o‘zaro tobe bo‘lib bog‘langanligi tufayli bola muhim, lekin ancha zerikarli vazifani bajarish uchun ayni damda unga qiziqarli bo‘lib ko‘ringan mashg‘ulotdan voz kechishi mumkin. Bog‘cha yosh davrida faoliyat motivlari ma’lum bir tizimga tushib, ayrim motivlar boshqalaridan ustun kela boshlaydi. Qanday motivning ustun kelishi bola hulqatvorining yo‘nalishini belgUab beradi. Bog‘cha yosh davrida bola shaxsining o‘zagi endigina shakUanayotgan bo‘lsa ham shu davrdayoq bolalar hulq-atvorida ma’lum bir yo‘nalganlik kuzatUa boshlaydi. Bu