Imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiylashuvida inklyuziv ta’limning
o‘rni.
Har qanday jamiyatda kelajak vorislari bo‘lmish farzandlarni
mas’ulayatni
his etadigan, ularni davlat taraqqiyoti va gullab-yashnashiga salmoqli ulush
qo‘shadigan munosib fuqarolar bo ‘lib yetishishlariga katta umid bilan
qaraladi.
Dunyoga “O‘zbek modeli” deb nom olgan rivojlanish yo‘li bilan tobora
ko‘proq tanilayotgan O‘zbekistonda ham bolalar huquqlarini himoya qilishga
juda katta e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizda maktab, litsey, gimnaziya,
kollej kabi bilim dargohlari bilan birgalikda turli maxsus maktab internatlar,
mehribonlik uylari faoliyat ko‘rsatayotganligi ham fikrimizning isbotidir. Ko‘plab
davlatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham imkoniyati cheklangan bolalar uchun
maxsus tashkillangan maktablar bor. Ularning vazifasi bolalarni maxsus o‘quv
yurtlariga tayyorlashdir. Bolalarni himoya qilish xalqaro tashkiloti Konvensiya
tizimiga o‘zining asosiy maqsadi etib bola huquqlarini asos etib oladi. Bola
huquqlari xalqaro Konvensiya hamma bolalarning ehtiyojini hisobga olgan,
huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan ta’lim tizimini yaratish g‘oyasini ilgari
surdi. Chunki har bir bolada - u sog’lommi yoki nogironmi – takrorlanmaydigan
xarakter, qiziqish, imkoniyat va bilimga ehtiyoj bor. Hamma bolalarning
ehtiyojlarini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan, ijtimoiy
adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olgan ta’lim tizimi inklyuziv ta’lim
deyiladi.
Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish
hamda umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko‘zda
tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir.
Inklyuziv ta’lim ijtimoiy modelga asoslanadi va u muammoni bolada emas,
balki dastur va metodologiyada deb hisoblaydi. Bunday ta’lim tizimiga ba’zi bir
o‘zgartirishlar kiritishni taqazo etadi. Bunda har bir bolaning ehtiyojini hisobga
olgan holda o‘quv rejalari tayyorlanadi, uslubiyotning psixologik muammolari
bilan bog‘liq tomonlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi. Inklyuziv ta’lim hamma
bolalarni, shu jumladan, nogiron bolalarni ham o‘zlari xohlagan maktabda
o‘qishi mumkin, deb xulosa chiqaradi. Bolaning nogiron bo‘lib qolishiga
jamiyat, undagi muhit, tushunmovchiliklar, yo‘l qo‘yilgan xatolar sababchi
bo‘lgan. Demak, uning o‘qishi uchun ham shu jamiyatning o‘zi jon kuydirishi
shart. Bola huquqlari xalqaro Konvensiyadan kelib chiqib, yaxshi maktab
ta’limini uch xil ibora bilan ta’riflash mumkin, ya’ni:
- mos keluvchi;
- rivojlantiruvchi;
- inklyuziv;
Rivojlantiruvchi ta’lim: “Ta’lim shaxsning yuqori darajada
rivojlanishiga, iqtidorli, aqliy va jismoniy qobiliyatlarini o‘stirishga yo‘naltirlgan
bo‘lishi, bolani erkin jamiyatda faol yashashga tayyorlash kerak”. Maxsus
ehtiyojli bolalar, boshqa bolalar, o‘qituvchi va tarbiyachilar faoliyati inklyuziv
ta’limda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bunday ta’lim tufayli maxsus ehtiyojli
bolalar:
- jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradilar;
- ijtimoiy xulq va o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish malakalarini yaratadilar;
- ularning imkoniyatlarini hisobga olgan o‘quv materiallarini o‘zlashtiradilar;
- tengqurlari bilan turli o‘yinlarda ishtirok etib rivojlanadilar;
- jismoniy tarbiya darslarida shaxmat-shashka o‘yinlari, turli sport
musobaqalarida vaqtni kuzatuvchi hakam yoki darvozabon bo‘lishlari mumkin;
- do‘stona muhitda do‘st orttiradilar;
- maxsus ehtiyojli bolalarga g‘amho’rlik qiladilar,ularni turli o‘yinlarga jalb
qiladilar;
- sinf tadbirlarida ishtirok etadilar;
- tozalik va ozodalikni ta’minlaydilar;
- jamoa oldida ma’suliyat hissini rivojlantiradilar;
- didaktik va o‘yin vositalarini tayyorlashda birgalikda ishtirok etadilar;
- o‘qituvchi va tarbiyachilar bolalarni bir-birlarining ichki dunyolarini
tushunishga o‘rgatadilar;
- har bir bolaning qobiliyati va imkoniyatini hisobga oladilar;
- har bir bolada hayotiy malaka va mustaqillikni shakllantiradilar;
- ishlarni tahlil qiladilar va baholaydilar;
- ota-onalarga amaliy yordam ko’rsatadilar;
- barcha bolalarga birdek bilim berib, tarbiyalaydilar;
Demak; inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli, nogiron bolalar ham faqat maxsus
maktablarda emas, balki sog’lom bolalar o’qiydigan umumta’lim maktablarida
ham ta’lim-tarbiya olishlari mumkin ekanligini e’tirof etadi. Buning uchun
esa maktab ham, o’qituvchi-tarbiyachilar ham inklyuziv ta’lim tizimiga tayyor
bo’lishi, maktab darajasi, jismoniy sharoit va o’qishga imkon omillari shu ta’lim
talablariga to’la javob berishi kerak. Maktab darajasida integratsiyani
muvaffaqiyatli kiritishga bir necha o‘zaro bog‘liq omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Mazkur tavsiyalarning maqsadi - maktablarni maxsus ehtiyojli bolalarnig
ehtiyojlariga javob beradigan qilib moslashtiradigan jarayonni qo‘llab–quvvatlash.
«Moslashtirish» deganda nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarni maktabga
bemalol borib kelishi, balki shu qatnashdan kandaydir foyda olishi
va optimal o‘quv rejasining mavjudligidir. Maktab muhiti
moslashuvchan bo‘lib, bola ta’limdagi tartibga moslashishi kerak deb taxmin
qilinmasdan, alohida har bir bolaning ehtiyojlarini qondirishi kerak.
«Inklyuziv ta’lim” o‘z maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator
quyidagi vazifalarni hal etadi:
- inklyuziv va integratsiyalashgan ta’lim tizimi haqida ma’lumot berish;
-inklyuziv ta’limning huquqiy asoslarini ochib berish;
-inklyuziv ta’limni joriy etish oldida turgan muammolarni o‘rganish va
bu muammolarni hal etish yo‘llarini izlab topish;
-inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashnig asoslarini o‘rganish;
-inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish tamoyillarini tahlil qilish;
ish tajribalarini tahlil qilish kabilardan iborat.
Maxsus ehtiyojli bolalar inklyuziv tarzda o‘qitilayotgan sinflarda yuqori
malakali o‘qituvchilarning dars berishi talab etiladi. Bundan tashqari inklyuziv sinf
o‘qituvchisi defektlogiya sohasi bo‘yicha ham malaka oshirgan bo‘lishi kerak.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o’qitish ularni o’ziga xos
xususiyatlari, nuqson turi, darajasi va sinfdagi bolalar sonini e’tiborga olgan holda
tashkil qilinadi. Avvalo shuni ta’kidlash joizki, o‘quvchilarning yoshlari bir xil
bo‘lsada, lekin ular bir birlariga o‘xshamaydilar. Barcha bolalarning individual
psixologik shaxs xususiyatlari, qabul qilish darajasi, zehn va idroki turlichadir. Shu
bois maxsus ehtiyojga ega bo‘lgan bola ta’lim olayotgan inklyuziv sinflardagi
o‘quv tarbiya jarayonini tashkil etish masalasi yanada murakkabroq muammolarni
hal etishni talab etadi. Inklyuziv sinfda o‘qituvchi bolalarning ikoniyatini e’tiborga
olib, darslarni shunga muvofiq rejalashtira olsa, bolalarning nogironligi bilim
olishiga qanday ta’sir qilishini bilib, bu qiyinchiliklarni bartaraf etishning uslubiy
yo‘llaridan foydalansa, maktab va oila hamkorligini to‘la yo’lga qo‘ya olsa hamda
nogiron bolaning kelajagiga ishonch bilan qarasagina dars jarayoni muvaffaqiyatli
kechishiga erishish mumkin. Har bir bola o‘z imkoniyat darajasida rivojlanadi,
buni L.S. Vigotskiyning ilmiy qarashlariga ko‘ra “Har qanday ruhiy yoki
Dostları ilə paylaş: |