Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari
Mavzu: Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlash.
REJA:
1.Inklyuziv ta’lim va uning mohiyati.
2.Inklyuziv ta’limning O‘zbekistonda joriy etilishi va ahamiyati.
3.Imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiylashuvida inklyuziv ta’limning
o‘rni.
Respublikamizda olib borilayotgan barcha islohotlarning
maqsadi davlatimz kelajagiga mustahkam poydevar qurishdan iborat. Bu
poydevor sog‘lom, yetuk va barkamol shaxslarni tarbiyalab voyaga
yetkazish natijasida yaratiladi. Shuning uchun ham «Kadrlar
tayyorlash milliy
dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Ta’lim
sohasidagi bu islohotlar bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Mazkur
huquqiy me’yoriy hujjatlar doirasi maxsus ehtiyojli bolar ta’lim-tarbiyasini
ham qamrab olgan.
Imkoniyati cheklangan yoki maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tarbiyasi
masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormoqda.
Inkyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida
rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati
cheklangan bolalarning
ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bo‘lmaydi degan
taxminlar asosida qurilgan. Inkyuziv ta’lim butun dunyoda maktab
yoki internat shaklida, shuningdek umumta’lim
maktablarining katta
bo‘lmagan qismlari sifatida faoliyat yuritadi. Maxsus ehtiyojli bolalarning
maxsus ta’lim tizimda o‘qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy
jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek ularning o‘z
oilasidan uzoqda bo‘lishlariga majbur qiladi. Bu
toifa bolalar boqimandalikka
o‘rganib qoladilar, o‘z-o‘ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar.
Bundan tashqari juda ko‘plab maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib
ketmoqdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda
alohida yordamga muhtoj
bolalarni rivojlanish darajasi, imkoniyati nuqson xususiyatlari va
qobiliyatlariga ko‘ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim
olishini amalga
oshirish maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmoqda.
Biroq inklyuziv ta’limning mazmun mohiyati to‘g’risidagi bilim va
ma’lumotlar hali jamiyatda yetarli emas. «Inklyuziv» va «integratsiyalashgan»
atamalari ko‘pincha bir xil ma’noda ishlatiladi. Shunga qaramasdan
falsafada ushbu tushunchalar orasida juda katta farq bor.
Nogiron bolani
oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qo‘yilgan birinchi
qadamdir. Integratsiyalashgan ta’lim bu-diqqat markazida bolaning aynan
maktabga
kelib ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga
qatnash jarayonidir. Integratsiyalashgan ta’limda bolaga muammo sifatida
qaraladi. Bu ta’lim tizimining quyidagicha shakllari mavjud: