1. Inklyuziv ta’lim va uning mohiyati. Inklyuziv ta’limning O‘zbekistonda joriy etilishi va ahamiyati


III. Ko’rish qobiliyati zaif o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchining vazifasi



Yüklə 94,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix22.12.2022
ölçüsü94,97 Kb.
#77368
1   2   3   4   5   6   7   8
hAnP6jeVvppRi5DxCXMvt01soWK9UQ9oY6xFXyqq

III. Ko’rish qobiliyati zaif o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchining vazifasi

Agar sinfda ko’zi yaxshi ko’rmaydigan o’quvchi bo’lsa birinchi navbatda
ota-onasiga murojaat qilib, uni ko’z vrachi mutaxassisga ko’rsatishni tavsiya
qilish kerak.

Ba’zida bolaning ota-onasi ko’zi ojizligini yashirishga harakat qiladilar.
Oddiy maktab sharoitida ko’zga zo’r berish qanday oqibatlarga olib kelishini
o’ylamaydilar. O’qituvchi bu tomonlarini ham ota-onalarga tushuntirib
o’tishi lozim.

Ko’zi yaxshi ko’rmaydigan bolalarni o’z vaqtida aniqlamaslik, ularning
ulgurmasligiga, so’ngra esa ta’lim-tarbiyadagi buzilishlarga olib kelibgina
qolmay, balki busiz ham ko’zdagi nuqsonni yanada og’irlashtirib
yuborishiga sabab bo’lishi mumkin.

Shuni unutmaslik kerakki, umumta’lim maktab o’quvchisi uchun oddiy
bo’lgan ko’pgina mashg’ulotlar masalan egilish, qattiq sakrash, jismoniy
tarbiya darsida og’irliklarni ko’tarish kabilar ham bolaning ko’rish
qobiliyatiga zarar etkazishi mumkin.

O’qituvchu sinfda ko’zi ojiz borligini nazarda tutgan holda bunday bolalar
uchun alohida ko’rgazmalar tayyorlab, dars o’tishi lozim.

Bolaning ko’rish qobiliyatini himoya qilish uchun ota-onalar bilan
hamkorlikda ko’zoynak taqishni tashkillashtirish lozim.


IV.
 Aqli 
zaif 
bolalar 
bilan 
ishlashda 
o’qituvchining 
vazifasi
Umumta’lim maktablarida o’qiyotgan aqli zaif bolalarni bilish faoliyati bilan
sog’lom bolalar bilish faoliyatlarini farqlay bilish lozim.

Sog’lom bolaga qo’yilgan o’quv-dastur talabini aqli zaif bolaga
qo’llamaslik.

Dars jarayonlarida aqli zaif bolalarni o’zlashtirish qobiliyatiga mos
keladigan vazifalar berib boorish lozim.

Bolani darslarni o’zlashtirmasligi uchun o’quvchilar o’rtasida 
izza
qilmasdan
, balki uning ayrim yutuqlarini hisobga olib rag’batlantirish
choralarini ko’rish.

Umumiy aqli zaif bolalarni umumta’lim maktablarida o’qitish ishi
o’qituvchi oldida ancha murakkab muammolarni keltirib chiqaradi. Bu
o’rinda o’qituvchilarimiz ularning ota-onalari bilan hamkorlikda ish olib
borishi, bolalarini xarakter xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan
dars jarayonida ish olib borish muhim ahamiyatlidir.
Nuqsonli bolalarni hayotda o’z o’rnini topishi, kelajakda o’z mehnati evaziga
hayotkechirish ko’nikmasiga ega bo’lish, o’qituvchilarimizning oldida turgan
asosiy vazifa hisoblanadi.
Umuman xulosa qilib aytadigan bo’lsak umumta’lim maktablarida o’z sog’lom
tengqurlari qatorida o’qiydigan bolalarga o’qitish va ta’limni to’g’ri tashkil qila
bilish har bir o’qituvchini mas’uliyatli burchi bo’lib qolishi kerak.
Nogiron bolalarga ularga nogiron deb faqatgina nuqson jihatdan yondashishi
emas, balki bu bolalrga har tomonlama yondashish lozim. Bu esa maxus ehtiyojli
bolalar uchun ta’lim masalasini rejalashtirayotgan uning butun hayoti davomida
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ehtiyojini hisobga olgan holda tuzishni talab etadi.
Bundan tashqari inklyuziv ta’limda nogiron boladagi mavjud nuqonlarni bartaraf
etish, korreksiyalash, kompensasiya qilish bilan bir qatorda bilim ko’nikmalarga
ega qilish, kasb hunarga o‘rgatish ishlarini parallel ravishda olib borish talab


etiladi. Bu tamoyilning mohiyatida maxsus ehtiyojli bolalarga ilk yosh davrida erta
yondashish ham yotadi. Maxsus ehtiyojli bolalar ta’limi boshlang‘ich va o‘rta-
maxsus ta’limni olishlari blan yakunlanmasligi kerak. Nogiron bolalarning kasb-
hunar ta’limi va oliy ta’limi ham amalga oshirilishi taalab etadi. Chunki inklyuziv
ta’lim tizimining vazifalaridan biri maxsus ehtiyojli bolaarni har tomonlama
rivojlantirish, ularning barcha huquqlarini ta’minlashdan iboratdir. Inklyuziv
ta’limga yangicha fikrlarning talqin etilishi milliy, tashkiliy va uslubiy islohotlarni
talab etadi. Maxsus ta’limga muhtoj bolalar hozirgi maktab tizimida ehtiyojlari
qondirilmayotgan bolalardir. Shu sababdan maktablar barcha bolalarning turli
xildagi va umumiy maqsadlari, intilishlari, qiziqishlariga javob berishi va ularning
bilim olishlarini ta’minlashi lozim.Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun umumiy
ta’lim tizimiga tarkibiy o‘zgartirishlar kiritish muhimdir. “Umum ta’lim” va
“maxsus ta’lim” o‘rtasidagi to‘siqlar olib tashlanishi kerak. Maxsus ta’lim oddiy
ta’limning bir qismi bo‘lishiga qaramasdan, o‘zining o‘quvchilari, o‘qituvchilari,
boshqaruv jamoasi va ta’minot tizimidan tashkil topgan ikkita ta’lim tizimi amalda
qo‘llanilib kelinmoqda. Barcha o‘quvchilarning talablariga javob beruvchi
“Inklyuziv maktab”da bunday tizimga ehtiyoj qolmaydi. Islohotlar ta’lim
maqsadlarining amaliyotini boshqarish mumkin, lekin ularning pedagogik
amaliyotini to‘g‘ridan-to’g’ri boshqara olmaydi. Shu sababdan samarali bo‘lishi
uchun islohotlar yaxshi muhokama qilinishi va ta’lim tizimi boshqaruvchilar
hamda uni amalda qo‘llovchilar tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
Inklyuziv ta’lim quyidagi shart-sharoitlarda tashkil etilishi mumkin: ommaviy
maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim maktab sinflari
(guguhlari)da umumiy va alohida yordam olish, logoped xonalarida korreksion
pedagogik yordam olish, korreksion sinf (guruh)larda maxsus ta’lim olish shaklida.
Inklyuziv ta’lim tizimiga maxsus yordamga muhtoj bolalarni viloyat (shahar,
tuman) halq ta’limi bo‘limlari tomonidan tibbiy-psixologo-pedagogik komisiya
faoliyatida “Respublika, viloyat, tuman tibbiy- psixologo-pedagogik komissiyalar
to‘g‘risida”gi Nizom asosida qabul qilinadi.



Yüklə 94,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin