1. Inklyuziv ta’lim va uning mohiyati. Inklyuziv ta’limning O‘zbekistonda joriy etilishi va ahamiyati


Inklyuziv ta’limning O‘zbekistonda joriy etilishi va ahamiyati



Yüklə 94,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix22.12.2022
ölçüsü94,97 Kb.
#77368
1   2   3   4   5   6   7   8
hAnP6jeVvppRi5DxCXMvt01soWK9UQ9oY6xFXyqq

Inklyuziv ta’limning O‘zbekistonda joriy etilishi va ahamiyati.
Bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim
taqdim etilishi kerak.
UNICEF inklyuziv ta’limni O‘zbekiston ta’lim tizimiga
kiritish masalalari bilan shug‘ullanadi. Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning
qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim
etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan
bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada
yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari
lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola
yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda
qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus yordamga ega
bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli
yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi.
O‘tgan yillar davamida maxsus ehtiyojli
bolalarni umumta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida sezilarli ishlar
amalga oshirildi. Ammo inklyuziv ta’limi tizimini joriy qilish asosan shaharlar
miqiyosida bo‘lib qishloqlardagi hududlarda hali-hamon maxsus ehtiyojli bolalar
ta’limdan chetda qolib ketmoqda yoki qishloqlardagi ota-onalar nogiron farzandini
shaharlardagi maxsus muassasalarga qatnashlarini ta’minlash uchun
qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shuning uchun ham maxsus ehtiyojli bolalarni


inklyuziv ta’limga jalb etish barcha hududlarda barcha maxsus ehtiyojli bolalarni
qamrab olgan bo‘lishi ta’minlanishi lozim. Inklyuziv ta’lim tizimini qo‘llab –
quvvatlashda siyosat asosiy rol o‘ynaydi. Siyosat tomonidan inklyuziv ta’limning
qo‘llab-quvvatlanishi bu ta’lim tiziminig samarasini va rivajini ta’minlaydi.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o’qitish ularni o’ziga xos
xususiyatlari, nuqson turi, darajasi va sinfdagi bolalar sonini e’tiborga olgan holda
tashkil qilinadi. Avvalo shuni ta’kidlash joizki, o’quvchilarning yoshlari bir xil
bo’lsada, lekin ular bir birlariga o’xshamaydilar. Barcha bolalarning individual
psixologik shaxs xususiyatlari, qabul qilish darajasi, zehn va idroki turlichadir. Shu
bois maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bola ta’lim olayotgan inklyuziv sinflardagi
o’quv tarbiya jarayonini tashkil etish masalasi yanada murakkabroq muammolarni
hal etishni talab etadi. Inklyuziv sinfda o’qituvchi bolalarning ikoniyatini e’tiborga
olib, darslarni shunga muvofiq rejalashtira olsa, bolalarning nogironligi bilim
olishiga qanday ta’sir qilishini bilib, bu qiyinchiliklarni bartaraf etishning uslubiy
yo’llaridan foydalansa, maktab va oila hamkorligini to’la yo’lga qo’ya olsa hamda
nogiron bolaning kelajagiga ishonch bilan qarasagina dars jarayoni muvaffaqiyatli
kechishiga erishish mumkin. Har bir bola o’z imkoniyat 
darajasida rivojlanadi
,
buni L.S. Vigotskiyning ilmiy qarashlariga ko’ra “Har qanday ruhiy yoki

Yüklə 94,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin