ya’ni mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni
ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim
muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor: Birinchidan, alohida
ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar ham sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘zaro
faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda
tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar,
sog‘lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi buyukligini
nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e’tibor bilan
munosabatda bo‘lishni his etadilar. Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog‘lom
tengdoshlari bilan yonma-yon o‘qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi.
Dostları ilə paylaş: