Inklyuziv sinflar o’quvchilar va pedagoglarga jamiyatga va maktabga
yangicha qarashni rivojlantirish orqali jamiyatning eng yaxshi a’zolari
bo’lishlari uchun yordam berishga yo’naltirilishi zarur.
Inklyuziv ta’lim umumta’lim maktablari o’quvchilari,
direktorlari, ota-
onalar va maxsus pedagoglarni bitta guruhda hamkorlik qilishlarini talab
qiladi. Ko’p hollarda alohida yordamga muhtoj bolalarning ota-onalari o’z
bolalarining ta’limga oid huquqlari va boshqa imkoniyatlari haqida noto’g’ri
tushunchaga ega bo’lganlari natijasida bu bolalarga to’g’ri ta’lim berishni
talab qilmaydilar.
Ota-onalar o’z bolalaridagi nuqsonlar tufayli uyalish va o’zini yo’qotib qo’yish
kabi to’siqlarni engishlari haqida ma’lumotga ega bo’lishlari kerak. Hamma ota-
onalarga inklyuziv ta’limning mazmuni nimalardan iboratligi va bu bolalarga
qanday imkoniyatlar berishi haqida batafsil ma’lumot berilishi zarur.
Ota-onalarning o’z bolalariga ta’limli yordam ko’rsatishini cheklamaslik bilan bir
jihatdan kengaytirish zarur. Shunday yo’l bilan ota-onalar bolalarni o’quv
muassasalariga joylashtirish va o’quv dasturlarini aniqlik, shuningdek o’quv
jarayonini uyda yoki boshqa joyda davom ettirishga
oid muhokamalarga jalb
qilishi zarur.
Har qanday bola kamol topib sog’lom o’ssa, uning bilim faoliyati, sezgi
qobiliyatlari mukammal rivojlanib borsa, bunday bolalar 6-7
yoshdan boshlab
maktabga qabul qilinishga tayyor bo’ladi.
Lekin umumta’lim maktab o’quvchilari orasida o’quv dasturlarini o’zlashtirishda
qiyinchilikni boshdan kechirayotgan bolalar uchrab turadi. Bolaning hoh ona
qornida, hoh tug’ilgandan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo’lgan ma’lum
shartlarning bo’lishi natijasida jismoniy va ruhiy, aqliy nuqsonlar kamchiliklarga
olib kelishi mumkin. Bunday bolalarda eshitishda, ko’rish qobiliyatida, nutqiy va
aqliy faoliyatida nuqsonlar paydo bo’ladi.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim tizimida o’qitish o’qituvchilardan ikki
karra ma’suliyat bilan ishlashni talab etadi. Shuning uchun ham oliy pedagogik
ma’lumotli va malaka oshirish kurslarini o’tab inklyuziv ta’lim pedagogik
kvalifikasiyasni olgan o’qituvchilargina inklyuziv sinf o’qituvchisi etib
tayinlanishi mumkin. Inklyuziv sinf o’qituvchisi umumiy o’rta ta’lim mussasa
Ustavida belgilangan vazifalar bilan
bir qatorda
-tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishini korreksiyalash va
me’yorga keltirish
ishlarini olib
boradi
;
-bolalarni faolligini, ta’lim samaradorligini oshiruvchi metodlarni qo’llaydi;
-diqqat-e’tibor, xotirani, kuzatuvchanliq sinchikovlik va boshqa qobiliyatlarni
tarbiyalaydi;
-o’z-o’zini nazorat qilish malakalarini, bolalarning bilishga doir qiziqishlarini va
qobiliyatini rivojlantiradi.
Umumta’lim maktablaridagi nuqsonli o’quvchilarning inklyuziv ta’limini tashkil
qilishda o’qituvchilar nimalarga e’tibor berishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: